DORI VOSITALARINI STANDARTLASH ILMIY MARKAZI

Dori vositalarini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi

377 Bo'limlar 25.05.24 11:55 Chop etish

Аgabekova Nodira Аrtikbaevna- Dori vositalarini nazorat qilish va    standartlash laboratoriya mudiri

Tarkibi: Laboratoriya mudiri -1, Maslaxatchi – 1, 1-toifali ximik – 4, 2-toifali          ximik -2, ximik -8, Metrolog-1, Katta laborant-1, Laborant-3 nafar.

Dori vositalarini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi – Oʼzbekiston Respublikasi hududiga chetdan kirib keladigan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarini fizik-kimyoviy koʼrsatkichlarini sifatini nazorat qiladi. Jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning tasvirlanishi, chinligi, rangliligi, rN muhiti, mexanik zarrachalari, osmotik bosimi, yod moddalari, eruvchanligi, parchalanuvchanligi, dozalar bir xilligi, ogʼir metallar, organik qoldiq ,erituvchilar, miqdoriy tahlili va boshqa fizik-kimyoviy koʼrsatkichlari, yorliqlanishi Davlat va turli farmakopea maqolalari (ND, FS, FSP, GF ning XI, XII va XIII nashrlari, BPh, EPh, USP, Ts, GOST, ISO) talabi boʼyicha hamda respublika hududidagi mineral va ichimlik suvlarning fizik-kimyoviy tahlillarini O`zDst:540-2010 izm. 1,2,3 ga asosan malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy sinov-oʼlchov asboblari va uskunalardan foydalangan holda tahlillar olib boriladi. Shu bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yordamchi moddalarning tahlillari, institut tomonidan takdim etilgan magistrantlarning yaratgan xom ashyolar ustida ham tahlillar, ichki dorixonalarda ishlab chiqariladigan steril dorilarning tahlilida ishlatiladigan reaktivlar malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi.