DORI VOSITALARINI STANDARTLASH ILMIY MARKAZI

Markaz haqida

1446 Tashkilot 19.05.24 11:38 Chop etish

Dori vositalarini sifatini yanada oshirish, Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini islox qilish Davlat Dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish, maxalliy tabiiy resurslar asosida dori vositalari yaratish ishlarini jadallashtirish va respublika tashkilotlari tomonidan yaratilgan dori vositalari standartlash ishlarini xalqaro talablar darajasiga koʼtarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-oktyabr 476-sonli buyrugʼiga binoan ikki taʼsischi davlat tashkiloti TOSHKENT FАRMАTSEVTIKА INSTITUTI VA DORI VOSITАLАRI TIBBIY BUYUMLАR VА TIBBIY TEXNIKА EKSPERTIZАSI VА STАNDАRTIZАTSIYASI DАVLАT MАRKАZI ishtirokida yangi tashkilot DORI VOSITАLАRINI STАNDАRTLАSH ILMIY MАRKАZI tashkil etildi.

Shu yilning oʼzida Taʼsischilar Kengashi aʼzolari tomonidan Markazning moddiy texnik asosini mustahkamlash toʼgʼrisida karor qabul kilindi va “Agilent Texnologies”, “Sartorius”, “Buchi”, “Matler Toledo”, “Knayk” kabi dunyoning yetuk ilgʼor kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va Merk kompaniyasining 400 dan ortiq kimyoviy reagentlar bilan taʼminlangan Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash boʼyicha birinchi laboratoriya tashkil etildi.

2003-yil farmako-toksikologik tahlil laboratriyasini ishga tushirish hamda Germaniyaning “Erveka” xorijiy kompaniyasi tomonidan begʼaraz yordami sifatida 35 000 yevrolik laboratoriya uchun analitik asboblari bilan taʼminlanishi Ilmiy Markaz faoliyatini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratib berdi.

Ilmiy Markaz mutaxasislari tomonidan “Sharq tabibi” shifobaxsh balьzami, “Triogalen”, “Fitogalen”, “Immunomodulin inʼektsiyasi va boshqa yangi orginal dori vositalari texnologiyasi va standartizatsiyasi ishlab chiqildi va buyurtmachilar korxonalarida sanoat miqyosida ishlab chiqarishga tadbiq etildi.

2004-yilda Ilmiy Markaz Oʼzbekistonda birinchi boʼlib dori vositalarini yaratish boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va sifatini nazorat qilish, farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʼldi.

2004-yil yanvarь oyidan Tibbiy mahsulotlarni Sertifikatlash idorasi va Sinov Markazlari akkreditatsiyasi oʼtkazildi va ushbu boʼlimlar dori vositalarini davlat nazorat va sertifikatlashtirish tizimi ichida oʼz faoliyatlarini boshlashdi.

2005-yilda Markazda ilmiy tadqiqotlar boʼlimi va zamonaviy tahlil uslublari boʼyicha oʼquv trening markazi tashkil etildi.2006-yildan Ilmiy Markazda chet el firmalari bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi ularning tajribalaridan foydalanish, halqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida halqaro aloqalarga alohida ahamiyat berildi. Markaz mutaxassislari tomonidan Pokiston davlatining “Herbion”, “Herbal Life Pvt. Ltd”, Rossiya federatsiyasining “Altayvitamino” korxonalari buyurtmalari boʼyicha Oʼzbekiston sertifikatsiya milliy tizimi boʼyicha joylarda sertifikatsiya ishlari bajarildi.

2006-yilning may oyidan Ilmiy Markazda mikrobiologiya laboratoriyasi tashkil etildi.

2008-2009 yillardan boshlab Ilmiy Markaz tashabbusi bilan Toshkent Farmatsevtika institutida GMP qoidalari boʼyicha seminar-treninglari tashkil etila boshlandi.

Ilmiy Markaz tomonidan tashkil etilgan 10 ga yaqin GMP va GDP qoidalariga asosan dori vositalarini sifatini taʼminlash mavzusida ishlab chiqaruvchi korxona xodimlari, farmatsevtik nazorat tizimi mutaxasislari uchun malaka oshirish seminar-treninglari tashkil etildi. 250 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxona xodimlari va Toshfarmi 60 dan ortiq professor oʼqituvchilari oʼz malakalarini oshirishdi.

2010-yil Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash vazirligi buyrugʼiga asosan, Ilmiy Markazga Tabiiy, ichimlik, shifobaxsh mineral suvlarning fizik va kimyoviy tarkibi hamda hususiyatlari standart talablariga muvofiqligi toʼgʼrisida tahlil natijalariga asoslangan xolatda hulosa berish vakolati berildi. (OʼzR SSVgini 221-chi buyruq, 26.07.2010 yildan). Sinov markazida Tabiiy, ichimlik, shifobaxsh mineral suvlarga fizik va shifobaxsh tarkibi hamda hususiyatlari O`zDst:540-2010 asosida tahlil qilib kelinmoqda. Sinov markazi laboratoriyasi mineral suvlar tahlilida 40 ta koʼrsatkichlar boʼyicha akkreditatlangan va zamonaviy oʼlchov vositalari va reaktivlar bilan taʼminlangan.

2011-yil dekabr oyida OʼzR Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Xayʼatining 2011-yil 19-noyabrdagi 6G`2-sonli qarori ijrosi hamda Toshkent farmatsevtika institutining 2011-yil 7-dekabrdagi 401-sonli buyrugʼi asosida yangi oʼquv-ilmiy markazi tashkil etildi.

15 yillik ilmiy faoliyati davomida Markaz xodimlaridan 7 nafari ilmiy ishlari uchun material toʼplashdi va nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli himoya qilishdi.

Ilmiy Markaz talabalar ilmiy anjumanlari, institutimizda oʼtkaziladigan tadbirlar va xalqaro konferentsiyalarining anʼanaviy xomiysiga aylangan desak mubolagʼa boʼlmaydi.

Shartnomalar asosida import oʼrnini bosuvchi 220 dan ortiq generik dori vositalarini bioekvivalentlik koʼrsatkichlarini aniqlash boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi.

2011-2014-yillar Ilmiy Markaz faoliyatida katta keskin oʼzgarish, xalqaro talablarga muvofiq laboratoriyalarni toʼliq qayta kapital taʼmirlash va modernizatsiyalash, ularni jihozlash hamda yangi ish oʼrinlarni yaratish bilan ajralib turadi.

2019 yil 31 yanvardan eʼtiboran Ilmiy Markazda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan taqdim etilgan Litsenziya asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona xodimlari, institut bitiruvchilari hamda dori vositalarini sifatini nazorat qiluvchi boshqa tashkilot xodimlari uchun maxsus “DORI VOSITАLАRINI SIFАTINI NАZORАT QILISh VА STАNDАRTLАSh” xamda “MIKROBIOLOGIK TАHLIL USULLАRI YoRDАMIDА DORI VOSITАLАRINI SIFАTINI NАZORАT QILISh VА STАNDАRTLАSh” yoʼnalishi boʼyicha ixtisoslashgan kurs oʼz faoliyatini boshladi.

Hozirgi kunda Ilmiy Markaz quyidagi boʼlimlar va sinov laboratoriyalaridan iborat:

- Maʼmuriyat

- Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi

- Oʼquv boʼlimi

 Sinov Markazi:

- Dori vositalarini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi

- Mikrobiologiya tahlili laboratoriyasi

- Farmako-toksikologiya laboratoriyasi

- Tadqiqotlar va izlanishlar boʼlimisi

- Vivariy

Bugungi kunga kelib, Ilmiy Markazda 50 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda, shulardan 1 nafari fan doktori, 1 nafari farmatsevtika mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʼyicha ekspert-auditor, bir qancha mustaqil izlanuvchi va magistrlari, hamda 45 nafari (O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga boʼlgan umumiy talablar” xalqaro standarti boʼyicha muvofiqlik sertifikatlariga ega. Markaz xodimlari oʼz maʼruzalari bilan xalqaro, mahalliy konferentsiya va seminarlarda muntazam ravishda qatnashib turadilar va bir qancha maqola, oʼquv va metodik qoʼllanmalar, 30 dan ortiq farmakopea maqolalari va 2 kitoblar chop etilgan. Ilmiy markaz institutning iqtidorli talabalari magistrlari va ilmiy izlanuvchilariga ilmiy tadqiqotlarini olib borishlariga keng imkoniyatlar ajratish bilan birgalikda malakali kadrlar tayyorlash jarayonida xam faol ishtirok etib kelmoqda.