НАУЧНЫЙ ЦЕНТР СТАНДАРТИЗАЦИИ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СРЕДСТВ

Отдел виварий

807 Отделы 10.07.24 12:18 Печать

Axmedov Ziyoviddin Dostonbek oʻgʻli - Vivariy bo'limi mudiri

Vivariy bo'limida bo’lim mudiri, tozalovchi va qarovchi xodimlar faoliyat yuritadi.

Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi Vivariy bo'limi GLP standarti talablari asosida 10 xonaga boʻlingan. Hayvonlarni qabul qilish va karantin xonalari qolgan xonalardan alohida joylashgan. Karantindan so'ng hayvonlar turiga qarab alohida xonalarga joylashtiriladi. Farmako-toksikologiya bo'limida o'tkaziladigan barcha tahlillar uchun hayvonlar vivariyda yetarli darajada parvarishlanadi. Bulardan quyon, dengiz choʻchqasi, sichqonlar va kalamushlar  ma’lum miqdorda saqlanadi. 

Quyonlardan teri ta’sirchanligi, mahalliy taʼsirchanlik va pirogenlik tahlillarida foydalaniladi. Sichqonlar asosan zaharlilik ko’rsatgichi tahlillari uchun foydalaniladi. Kalamushlar gormon va boshqa biologik preparatlarning miqdoriy tahlillarini o'tkazishda foydalaniladi. Dengiz choʻchqalari esa gistamin xususiyatli dorilarni aniqlashda, teri ta'sirchanligida yoki zaharlilik tahlillarida foydalanilishi mumkin.

Hayvonlarning ozuqasi har bir tur hayvonlar uchun alohida kunlik normalar standartlar asosida ishlab chiqilgan