O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq dorixonalar xodimlari mehnatini muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq dorixonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish uning rahbarlaridan birining zimmasiga yuklanadi.
15. Dorixonalar xodimlarining sog‘lig‘ini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
89. Dorixonalarda avtoklavlarni o‘rnatish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, foydalanish va tuzatish ishlari Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1913, 2009-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 116-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(102 va 103-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)