T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika ta’limini takomillashtirish | |||||
1. | 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish. Ilg‘or xalqaro tendensiyalar hamda mahalliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida kredit-modulli o‘qitish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | — | 2020-yil 1-fevral | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
2. | Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘qitish rus va ingliz tillarida olib boriladigan xalqaro fakult�tlar tashkil etish, jumladan: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Toshkent davlat stomatologiya institutida, Toshkent farmatsevtika institutida, Andijon, Samarqand va Buxoro davlat tibbiyot institutlarida; 2020/2021 o‘quv yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida. | Xorijiy OTMlari bilan bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i | Tegishli OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2019-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
3. | Quyidagilar orqali tibbiyot va ta’lim sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy muassasalar o‘rtasidag� xalqaro hamkorlikni kengaytirish: respublikadagi o‘qituvchilar, ilmiy va tibbiy xodimlarning yetakchi xorijiy tibbiyot va ta’lim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish; ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish; xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish. | Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i | Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari, homiylar va XMI mablag‘lari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari | Doimiy asosda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
4. | 2019 — 2022-yillarda bosqichma-bosqich tibbiyot o?iy ta’lim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish uchun o‘quv-simulatsion markazlar tashkil etish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | XMI va homiylarning mablag‘lari, muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari doirasidagi markazlashtirilgan mablag‘lar | 2019 — 2022-yillar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov) |
5. | Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida | 2019-yil 1-sentabr
| Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov) |
6. | Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari klinik va o‘quv bazalarining quvvatlaridan ta’lim jarayonida imkon qadar foydalangan holda, ta’lim, fan va amaliyotning chuqur integratsiyasini ta’minlash orqali ularning faoliyatini takomillashtirish. Quyidagilarni tasdiqlash: sog‘liqni saqlash muassasalari orasidan o‘quv klinik amaliyotni o‘tash uchun tibbiyot oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari klinik bazalari ro‘yxatini; tibbiyot va farmatsevtika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari ro‘yxatini. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari SanQvaMning o‘quv auditoriyalarga qo‘yiladigan talablarini inobatga olgan holda OTM huzuridagi klinikalar, shuningdek, tasdiqlangan klinik va o‘quv bazalarida joylashtirilishini ta’minlash. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida | 2019-yil 15-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
7. | Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida ta’lim jarayonini tashkil qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish. Quyidagilarni: bitiruvchilarining malaka tavsifnomalari, kompetensiyalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy, o‘rta maxsus ta’limining yangilangan o‘quv reja va o‘quv dasturlarini; tibbiyot va farmatsevtika ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika OTMlari professor-o‘qituvchilari vaqt me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | — | 2019-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
8. | Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun, shu jumladan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish: tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining davlat va xususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari bilan integratsiyasini; respublika tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalarning akademik almashinuvini; o‘quv yili semestrlari davomida amaliyotni o‘tash (yozgi va qishki ishlab chiqarish amaliyoti); egallangan bilim va ko‘nikmalar sifatini o‘quv yili yakunlangunga qadar nazorat qilish, bunda natijalarni kursdan-kursga o‘tkazishda inobatga olish; amaliyot imtihoni va o‘quv amaliyotini (sifat va son jihatidan) nazorat qilish shaklida amaliy bilimlar nazoratini joriy etish. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | — | 2019-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
9. | Quyidagilarni: tibbiyot muassasalarida kursdan-kursga ko‘chirishda asosiy sinov sifatida integratsiyalashgan klinik va klinik-oldi imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom; davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga buyurtmachi-tashkilotlardan ekspertlarni keng jalb etish orqali davlat imtihonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazishning mustaqil, shaffof va adolatli mexanizmini nazarda tutuvchi bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini davlat imtihonidan dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazishning yangilangan tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | — | 2019-yil 10-dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
10. | Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik bazasini 1-sonli Respublika klinik shifoxonasida joylashtirish. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali klinik bazalarini tegishli viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida joylashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida | 2019-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
11. | Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot hamda farmatsevtika ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar va bitiruvchilar uchun buyuk tabiblar Gippokrat va Ibn Sinolarning davolash an’analarini inobatga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi”ni yagona shaklda broshyura ko‘rinishida tayyorlash va e’lon qilish hamda seriyali nashr etish. | Tashkiliy-amaliy choralar | Muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari | 2019-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
12. | Sog‘liqni saqlash sohasida yetakchi mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash va farmatsevt kadrlarni tayyorlash va uzluksiz professional ta’limni tashkil etishni yoritish bo‘yicha mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tayyorlash. | Ijrochilarning chora-tadbirlar komp�e??i | — | 2019-yil 1-sentabr | MTRK (Xodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
13. | Tibbiyot OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot kollejlarining o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun “Tibbiy ta’lim va fan” ilmiy-amaliy ma’rifiy jurnalini, shu jumladan uning elektron shaklini t�shkil etish, unda quyidagilarni chop etishni ta’minlash: tibbiyot ta’lim, fan, amaliyot va innovatsiyalar sohasidagi ijobiy xalqaro tajribasini, tibbiyot va ilmiy xodimlarning xorijda malaka oshirish yakunlarini; keyinchalik ularni amaliy sog‘liqni saqlashga tatbiq etgan holda tibbiyotning zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tavsiyalar, protokollar, standartlar haqida ma’lumotlar, profilaktikadagi yangiliklarni, kasalliklarni diagnostika qilish va davolash, tibbiy buyumlar va uskunalar, farmatsevtika preparatlarini yaratishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni. | Tashkiliy-amaliy choralar | Jurnalni sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar | 2019-yil 1-dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
14. | 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab: tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislari va olimlari tomonidan tibbiyot va farmatsiyaning ilg‘or texnologiyalari mavzulariga bag‘ishlangan ma’ruzalar siklini o‘qish hamda mahorat darslarini muntazam ravishda o‘tkazish; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining klinik amaliyotchi mutaxassislari va tibbiyot OTMlarining klinik fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarini tibbiy-biologik kafedralar faoliyati xususiyati, anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya(vivariy)lar va h.k.da klinikagacha bo‘lgan fanlarni o‘qitish jarayoniga jalb etish orqali klinik va klinikagacha bo‘lgan fanlarning vertikal integratsiyasi tartibini joriy etish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida | 2019-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
15. | Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarini quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi o‘quv adabiyotlarini tasdiqlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish; xorijning yetakchi tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining tavsiya etiladigan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini tuzish, shuningdek, ulardan foydalanish amaliyotini kengaytirish; tibbiyot va farmatsevtika ta’lim tizimi uchun zamonaviy shakl va ko‘rinishdagi, shu jumladan elektron formatdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida | 2019-2020-yillar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
II. Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | |||||
16. | Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun ta’limning kredit-modulli tizimiga asoslangan va muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari, seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, mahorat darslari, simulatsion treninglar va xalqaro standartlarga muvofiq boshqa o‘qitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni ko‘zda tutuvchi uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | — | 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
17. | Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik soni normativlarini tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalari sonining bakalavriat ta’limi tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan nisbat normativlaridan 25 foiz past miqdorda belgilash. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, pullik kurslarda o‘qitishdan kelib tushadigan mablag‘lar | 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab | Sog‘liqni sa�lash vazirligi (Shadmanov) |
III. Tibbiyot fanini takomillashtirish | |||||
18. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining saytida sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiyot fanining yutuqlariga bag‘ishlangan bo‘limni yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | — | 2019-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
19. | Tibbiyot ilmiy muassasalari va OTMlari ilmiy xodimlari va o‘qituvchilari uchun jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning xorijiy elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | XMI va homiylarning mablag‘lari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2019-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
20. | Amalga oshirilayotgan ilm�y tadqiqotlar sifatini quyidagilar orqali oshirish: ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro standartlarga rioya etish va ularning natijalarini manbalar keltiriladigan Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilish; tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mahalliy ilmiy jurnallarning Scopus, Web of Science, Thomson Reuters xalqaro ma’lumotlar bazasi nashrlariga kirishi uchun sharoitlar yaratish. | Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | — | Doimiy asosda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
21. | Jamoatchilik asosida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallarida, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida yosh olimlar jamiyatini tashkil etish. Talabalar ilmiy to‘garaklari tarmog‘i ishini takomillashtirish, yosh olimlar konferensiyalari va tanlovlarini o‘tkazish. | Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | — | 2019-yil 15-iyun | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
IV. Sog‘liqni saqlashning kadrlar resursini rivojlantirish tizimini takomillashtirish | |||||
22. | Rejalashtirishni takomillashtirish va kadrlar resursidan foydalanish maqsadida doimiy yangilab boriladigan sog‘liqni saqlash kadrlarining elektron reyestrini tuzish va uning mexanizmini joriy etish. Sog‘liqni saqlash tizimini kadrlar bilan ta’minlanganligi hisobini yuritish va monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimini yaratish. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, axborot tizimini yaratish | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2019-yil 1-iyun
1-dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) |
23. | Sifatni boshqarishning zamonaviy prinsiplari va standartlari, keng qamrovli kasb-hunar bilimlari va kadrlarni boshqarish ko‘nikmalariga (yuridik, iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy va boshqalar) asoslangan sog‘liqni saqlashning boshqaruv kadrlari va tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | — | Doimiy asosda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
24. | Xalqaro tajriba va standartlarni hisobga olgan holda ish bilan ta’minlashning zamonaviy, shaffof va adolatli mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, mansab pog‘onalarida kafolatlangan o‘sish, rotatsiya mexanizmini obyektiv qo‘llash, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining faoliyatini tashqi va ichki baholash. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | — | 2019-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev) |
T/r | Indikatorlar | 2019-yil | 2021-yil | 2025-yil |
I. Ta’lim muassasasi kadrlar tarkibining sifatini baholash | ||||
1. | Ilmiy salohiyat indikatori (professor-o‘qituvchilarning shtat soniga nisbatan fan doktorlari va nomzodlari, shu jumladan, professor va dotsentlar ulushi) | 40 % | 45 % | 55 % |
2. | Chet elda stajirovka o‘tash indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan dunyoning yetakchi gospitallarida klinik stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilar ulushi) | 10 % | 15 % | 20 % |
3. | Yosh mutaxassislarni tayyorlash indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan magistrlar, klinik ordinatorlar (rezidentlar) va ilmiy xodimlar ulushi) | 25 % | 30 % | 70 % |
4. | Uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida malaka oshirish indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan malaka oshirish kurslarini o‘tagan xodimlar ulushi) | 32 % | 45 % | 80 % |
5. | Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda qatnashish indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan professor-o‘qituvchilar ulushi) | 25 % | 30 % | 70 % |
6. | Nufuzlilik indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar ulushi) | 4 % | 7 % | 15 % |
7. | Chet tillarini o‘rtachadan kam bo‘lmagan darajada bilish indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa xorijiy tillarni egallagan xodimlar ulushi) | 25 % | 30 % | 50 % |
8. | Informatsion texnologiyalarni egallash indikatori (professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion texnologiyalarni egallagan professor-o‘qituvchilar ulushi) | 40 % | 45 % | 70 % |
II. Ta’lim muassasasining jihozlanganlik va ta’minlanganlik darajasi | ||||
9. | Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining o‘z klinikalaridagi o‘quv xonalari (SanQvaMning talab va me’yorlariga javob beradigan o‘quv xonalari) | 20 % | 30 % | 90 % |
10. | Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalaridagi o‘quv xonalari (SanQvaMning talab va me’yorlariga javob beradigan o‘quv xonalari) | 20 % | 25 % | 75 % |
11. | O‘quv vositalari bilan jihozlanganlik indikatori | 30 % | 35 % | 55 % |
12. | Laboratoriya uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori | 40 % | 45 % | 65 % |
13. | Davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori | 35 % | 40 % | 60 % |
14. | Yuqori texnologiyalar bilan jihozlanganlik indikatori (umumiy jihozlarga nisbatan oxirgi 5 yildagi yuqori texnologiyali jihozlar soni) | 15 % | 20 % | 35 % |
15. | Ta’lim muassasalarining simulatsion markazlar bilan ta’minlanganlik indikatori | 45 % | 50 % | 70 % |
16. | Ta’lim muassasalarining tajriba-biologik laboratoriya (vivariy)lar bilan ta’minlanganlik indikatori | 30 % | 35 % | 70 % |
17. | Ta’lim muassasalarining anatomik morglar bilan ta’minlanganlik indikatori | — | 65 % | 80 % |
18. | Ta’lim muassasalarida kompyuterlashtirish ko‘rsatkichi (ta’lim muassasalarida o‘quvchi va professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan tele-videotexnika, kompyuterlarning sonidan foiz nisbatida) | 45 % | 50 % | 70 % |
19. | Ta’lim muassasalarini axborotlashtirish ko‘rsatkichi (har bir professor-o‘qituvchi hisobidan umumiy hujjatlarni yuritishga nisbatan hujjatlar aylanmasini elektronlashtirish ulushi) | 15 % | 20 % | 60 % |
20. | Ta’lim resurslari indikatori (o‘quv, ilmiy, davolash-diagnostika jarayonlarida ta’lim portali, veb-sayt, elektron pochta, kutubxona resurslari, mediatekalar, interaktiv o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligi) | 55 % | 60 % | 80 % |
21. | Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalangan ta’lim dasturlari foizi | 5 % | 10 % | 30 % |
22. | Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan oliy tibbiy va farmatsevtika ta’limi dasturlarining foizi | 40 % | 50 % | 80 % |
23. | Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarining foizi | 40 % | 50 % | 80 % |
III. Ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot salohiyati | ||||
24. | Ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi ko‘rsatkichi (ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan ilmiy natijalarga erishgan — ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari va boshqa ishlarni tatbiq etishga patentlarning professor-o‘qituvchilar soniga nisbati | 15 % | 20 % | 35 % |
25. | Nashr indikatori (oxirgi 5 yilda respublika va chet elda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarning bir shtat soniga nisbatan ilmiy maqolalar soni) | 30 % | 35 % | 55 % |
26. | Nashrlarga havola qilish indikatori (ta’lim muassasalarining nashr qilingan umumiy soniga nisbatan ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari nashr qilgan ilmiy ishlariga boshqa mualliflarning havola qilishulushi) | 15 % | 20 % | 40 % |
27. | Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xalqaro hamkorlik indikatori (ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining umumiy soniga nisbatan xalqaro darajadagi dasturlarni amalga oshirishda qatnashuvchi professor-o‘qituvchilar soni) | 15 % | 20 % | 25 % |
IV. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar, bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larni sifatini baholash | ||||
28. | Tibbiyot kollejlari, klinik ordinatura (rezidentura), bakalavriat, magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar indikatori (ta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar ulushi) | 80 % | 85% | 95% |
29. | Birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarining indikatori (ta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar ulushi) | — | 75 % | 80% |
30. | Talabalar almashinuviindikatori (umumiy ta’lim oluvchilar soniga nisbatan dunyoning yetakchi shifoxonalarida klinik ta’lim olgan va stajirovka o‘tagan ta’lim oluvchilar ulushi) | 5 % | 10% | 20% |
31. | Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan ta’lim oluvchilar ulushi) | 5 % | 10% | 20% |
32. | Chet tillarini o‘rtachadan kam bo‘lmagan darajada bilish indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa tillarni egallagan ta’lim oluvchilar ulushi) | 40 % | 45% | 55% |
33. | Informatsion texnologiyalarni egallaganlik indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion texnologiyalarni egallagan ta’lim oluvchilar ulushi) | 45 % | 50% | 70% |
Ta’lim yo‘nalishlari | O‘qish muddati | Bitirgandan keyingi malaka | |
1. | Davolash ishi | 6 yil | Oilaviy shifokor |
2. | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | 6 yil | Oilaviy shifokor-pedagog |
3. | Pediatriya ishi | 6 yil | Umumiy pediatr shifokori |
4. | Harbiy tibbiyot (davolash ishi) | 6 yil | Harbiy shifokor |
5. | Tibbiy-biologiya ishi | 4 yil | Fundamental tibbiyot mutaxassisi |
6. | Tibbiy-profilaktika ishi | 5 yil | Gigiyena-epidemiologiya shifokori |
7. | Stomatologiya | 5 yil | Umumiy stomatolog shifokori |
8. | Oliy hamshiralik ishi (o‘rta maxsus kasb-hunar tibbiy ta’lim negizida) | 3 yil | Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi |
9. | Klinik psixologiya | 5,5 yil | Klinik psixolog — ijtimoiy xodim |
10. | Farmatsiya | 5 yil | Farmatsevt |
11. | Kasbiy ta’lim (farmatsevtika ishi) | 5 yil | Farmatsevt — pedagog |
12. | Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) | 4 yil | Farmatsevt — texnolog |
13. | Farmatsevtik biotexnologiya | 4 yil | Farmatsevt — biotexnolog |
14. | Biotibbiyot muhandisligi | 4 yil | Biotibbiyot muhandisi |
15. | Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti | 4 yil | Farmatsevt — tahlilchi |
Ta’lim yo‘nalishlari | O‘qish muddati | Bitirgandan keyingi malaka | |
1. | Hamshiralik ishi | 2 yil | Umumiy amaliyot hamshirasi Fizioterapiya (massaj) xonasi hamshirasi |
2. | Stomatologiya ishi | 2 yil | Stomatolog assistenti, ortopedik stomatologiya texnigi |
3. | Farmatsiya | 2 yil | Farmatsevt assistenti, dori vositalari ishlab chiqarish operatori |
4. | Tibbiy profilaktika | 2 yil | Sanitariya shifokori yordamchisi, epidemiolog yordamchisi, tibbiy profilaktika ishi feldsheri |
5. | Feldsher-laboratoriya ishi | 2 yil | Tibbiy laborant, qishloq vrachlik punkti, qishloq oilaviy poliklinikasi feldsher-laboranti, funksional va nur diagnostikasi laboranti |
6. | Feldsherlik ishi | 2 yil | Umumiy amaliyot feldsheri, tez tibbiy yordam brigadasi feldsheri, oilaviy poliklinika feldsheri |
7. | Tibbiy-ijtimoiy ish | 1,5 yil | Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordami tashkilotchisi, yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar va qariyalarga uyda tibbiy-ijtimoiy yordam tashkilotchisi |
T/r | Ta’lim oluvchilar kontingenti | Kreditlar hajmlari* | |
Jami | Shundan, bir yilda quyidagidan kam bo‘lmagan | ||
1. | Oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari | 288** | 36 |
2. | O‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari | 180*** | 36 |