Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Talabgor | Litsenziya olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi. | O‘z xohishiga ko‘ra | |||
2-bosqich | Talabgor | 1. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi. | O‘z xohishiga ko‘ra | |||
2. Arizani ko‘rib chiqish uchun litsenziyalanadigan faoliyat turlari pasportlarining (keyingi o‘rinlarda — Pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘laydi. | ||||||
3-bosqich | “Litsenziya” AT yoki YIDXP | Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda, hujjatlar bir vaqtning o‘zida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi. | Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langandan so‘ng real vaqt rejimida | |||
Litsenziyalovchi organ | Arizani ko‘rib chiqadi, zaruratga ko‘ra obyektlarni joyiga chiqib o‘rganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud ma’lumotlarni mustaqil ravishda oladi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi. | Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda | ||||
4-bosqich | “Litsenziya” AT | 1. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 2. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi. | Real vaqt rejimida | |||
5-bosqich | Talabgor | 1. Xabarnomada ko‘rsatilgan davlat boji to‘lovini amalga oshiradi. | 1. 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda | |||
“Litsenziya” AT | 2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. | 2. Davlat boji to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida |
Litsenziya nomi: | nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) maktabgacha ta’lim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno); b) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari; v) professional ta’lim xizmatlari; g) oliy ta’lim xizmatlari; d) oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash faoliyatiga litsenziya olmoqchi bo‘lgan talabgorlar arizada litsenziyalanadigan faoliyat bilan birga avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tadi; b) pedagog kadrlar haqida ma’lumot; v) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari. Litsenziyalovchi organ quyidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik ravishda mustaqil tarzda tekshiradi: oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi; pedagog kadrlar ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Nodavlat ta’lim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari: a) ta’lim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan bo‘lsa), ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar)*; b) ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat ta’lim talablariga), o‘quv reja va dasturlariga, shuningdek, ta’lim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etish; v) ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, ta’lim oluvchilar jinsiga ko‘ra ajratib o‘qitilishiga (qonunchilikda ayrim o‘quv fanlarni ajratib o‘qitish bo‘yicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik*; g) ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni Ta’lim inspeksiyasining “Uzluksiz ta’lim” axborot tizimiga kiritish va har chorakda yangilab borish (maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar “Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi”ga ham ushbu ma’lumotlarni kiritib boradi)*; d) ta’lim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat ta’lim muassasalari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish; e) oliy ta’lim tashkilotida vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi mavjudligi*; j) nodavlat ta’lim tashkilotiga o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish*; z) bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish (bundan maktabgacha ta’lim xizmatlari mustasno). II. Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlarining litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi: Maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
Professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
Oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
Masofaviy shaklda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari (professional, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari uchun)
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida); b) sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida); v) Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosalari (faqat ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida); | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12. | Izoh. | Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi. Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoniga ta’lim turi tegishli bo‘lgan ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, ularning hududiy bo‘limlari va bo‘ysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat (obyektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish, tiklash) quyidagi toifalar bo‘yicha: I toifadagi litsenziya — mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun; II toifadagi litsenziya — respublika va mahalliy ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar bo‘yicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar (F.I.O, lavozimi, mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji). b) yuridik shaxsda ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot bo‘yicha diplom nusxasi; v) yuzasi 10 m.kv dan kam bo‘lmagan qurilish havozasi va g‘isht kesish, silliqlash, metall kesish, yog‘ochga ishlov berish asbob-uskunalarning nomi, markasi va soni haqida ma’lumotnoma. Litsenziyalovchi organ quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda o‘zi oladi: “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumot; litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 7 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish; b) litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasida olib boriladigan ishlar (asrashga doir faoliyat olib boriladigan obyekt nomi va manzili) haqida ushbu ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin va yakunlangandan so‘ng uch kun ichida litsenziyalovchi organga axborot berish; v) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy ta’sirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish; g) arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilishda tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologni shartnoma asosida jalb etish;* d) yuzasi 10 m.kv dan kam bo‘lmagan qurilish havozasi va g‘isht kesish, silliqlash, metall kesish, yog‘ochga ishlov berish uskunalari mavjud bo‘lishi; e) yuridik shaxsning shtatida talabga javob beradigan quyidagi mutaxassislarning mavjud bo‘lishi, shu jumladan, litsenziat litsenziyadan foydalanish davrida (obyektda asrashga doir ishlarni amalga oshirish davomida) ushbu mutaxassislarning shaxsan ishtirok etishini ta’minlashi:* I toifadagi litsenziya uchun — oliy ma’lumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi ma’lumotga ega bo‘lgan va sohada so‘nggi 10 yil davomida kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lgan 2 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash, san’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, tasviriy va amaliy san’at bezagi, arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi; II toifadagi litsenziya uchun — oliy ma’lumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi ma’lumotga ega bo‘lgan va sohada so‘nggi 10 yil davomida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan 4 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash, san’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, tasviriy va amaliy san’at bezagi; arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Obyektning respublika va mahalliy ahamiyatga ega ekanligi O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining buyrug‘i bilan belgilanadi. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatda bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan litsenziyaga ega bo‘lmagan subpudrat (yordamchi pudratchi) tashkilotlar quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda jalb etiladi: subpudrat tashkilotlarni moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida bo‘limlari bo‘yicha ruxsat etiladi va bunda umumiy ish hajmining 20 foizidan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi; subpudrat tashkilotlar asrashga doir ishlarda loyiha-smeta hujjatlarida faqat ularga taalluqli qismi bo‘yicha ishtirok etadi; litsenziat subpudrat tashkilotlar va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun to‘liq javob beradi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | Litsenziya nomi: |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish; b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh to‘yi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat to‘yi” marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar). |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa a’zolarida imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lsa (nogironligi bo‘lgan shaxslar, ta’lim muassasalarida o‘qiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi to‘g‘risidagi ma’lumot, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi. b) ijrochilarda musiqa ma’lumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda; v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda; g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; d) litsenziya talabgorining malakasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika ko‘rik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud bo‘lganda; e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qo‘shiq va uning matni (agarda mavjud bo‘lsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi o‘rinlarda — Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmog‘iga yuklangan havolasini taqdim etadi. Jismoniy shaxs litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, pasport seriyasi va raqami yoki ID-karta raqami, JSHSHIR, telefon raqami, jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) ijrochi imtiyozga ega bo‘lsa (nogironligi bo‘lgan shaxs, ta’lim muassasasida o‘qiydigan, pensioner) imtiyozi to‘g‘risidagi ma’lumot, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishiga roziligi. b) ijrochida musiqa ma’lumot mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda; v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda; g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; d) litsenziya talabgorining malakasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar (asarning matni, mualliflarining familiyasi, ismi va otasining ismi, asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika ko‘rik-tanlovlar ishtirokisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud bo‘lganda; e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qo‘shiq va uning matni (agarda mavjud bo‘lsa asarga olingan videoklip) Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhiga shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmog‘iga yuklangan havolasini taqdim etadi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish: I reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; II reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari; b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh to‘yi, “kelin salom”), “sunnat to‘yi” tadbirlariga xizmat ko‘rsatish, hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar): III reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 30 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga; 0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — litsenziyalovchi vakolatli organ hisobvarag‘iga. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan to‘lanadi. Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya bo‘yicha undiriladi. Bunda, litsenziyada ijodiy jamoa a’zolari to‘liq ko‘rsatiladi va ulardan litsenziya uchun davlat boji qo‘shimcha ravishda undirilmaydi, ijodiy jamoa a’zosi mustaqil ijrochi sifatida ijod qilgan hollar bundan mustasno. Ijodiy jamoa uning barcha a’zolari davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladigan shaxslar guruhi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilanadi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qat’iy ravishda ushbu pasportda ko‘rsatilgan aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatish huquqi bo‘yicha amalga oshirish; I reyting guruhlarining mezonlari: kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaxon ijrochi konsertlari o‘tkazish; ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish; “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi; respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, ko‘riklar g‘olibi diplomlari, ular mavjud bo‘lganda; konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari: O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish; bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish; ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish. II reyting guruhlarining mezonlari: kamida 1 ta qo‘shig‘ining mavjudligi; konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari: bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish; ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish. III reyting guruhlarining mezonlari: o‘ziga xos iste’dodi, talantining mavjudligi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari: to‘ylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari ko‘rsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, sozanda, raqqos(a), bek-vokal, (xonandalardan tashqari) bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish va ularda qatnashish; b) konsert-tomosha tadbirlarida, to‘ylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi ko‘rinish madaniyatiga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishini hamda ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib qilishni istisno etgan holda qo‘shiqlarni va ular bo‘yicha yaratilgan videokliplarni ijro etish; v) litsenziya olish uchun birinchi marta ariza topshirgan, III reyting guruhiga kirmaydigan, ijrochi hamda ijodiy jamoalar litsenziyalovchi organning taklifiga asosan ijro mahoratini jonli eshitish uchun Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining yig‘ilishiga shaxsan yoki masofaviy ishtirok etish yoxud jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmog‘iga yuklangan havolasini taqdim etish; g) ko‘rsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini qat’iy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish;* d) jismoniy shaxslar yillik faoliyati yakunidan kelib chiqib, soliq qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani to‘ldirish;* e) O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida litsenziyalovchi organning hududiy bo‘limlarini xabardor qilish;* j) Konsert-tomosha faoliyatida u yoki bu dinni targ‘ib etmaslik; z) Litsenziyalovchi organning hududiy bo‘limlari litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilganda turli noo‘rin xatti-harakatlar qilmaslik. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Ushbu pasportning 2-bandi “a” kichik bandida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslarda “b” kichik bandda belgilangan litsenziyalanadigai faoliyat turining kichik turi bilan ham shug‘ullanish huquqi mavjud. Litsenziya berish yoki uni berishni rad qilish haqidagi qaror talabgorning ijro mahoratini jonli eshitish yakuni bo‘yicha Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida qabul qilinadi. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining majlisi o‘n kunda kamida bir marta o‘tkaziladi. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va har bir ijrochini ushbu pasportning 9-bandiga muvofiq malaka talablariga binoan aniq reyting guruhiga kiritadi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi: | turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) ichki turizm faoliyati (O‘zbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish); b) chiqish turizmi faoliyati: O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmini) amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (“Umra” tadbirini tashkil etishva o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish) amalga oshirish); v) kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish). |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Jismoniy va yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish); b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional ma’lumotga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari; d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar; e) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi. Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun: a) ariza; yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish); jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish joyi, yashash joyi, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish). b) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar; g) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligini haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | “Ichki turizm” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari; “chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 5 kun, basharti ariza “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid bo‘lsa, 10 kun. |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat: a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilish; b) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot shtatida qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;* v) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikatini olishi;* g) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;* d) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini ko‘rsatish; e) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish; j) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud bo‘lsa), turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘lgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish; z) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas); i) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi;* y) xorijiy mamlakatlardagi ta’lim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);* k) xorijiy mamlakatlardagi ta’lim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);* l) faoliyatni faqat litsenziyada ko‘rsatilgan yo‘nalish(lar) bo‘yicha amalga oshirish;* m) mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini ko‘rsatmaslik;* n)turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni ta’minlash tizimining litsenziatda mavjudligi. “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziyalash talab va shartlari quyidagilardan iborat: a) “chiqish turizmi” faoliyati doirasida “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;* b) “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlash hamda bir nafar guruh rahbariga ellik nafardan oshmagan miqdorda ziyoratchilarni biriktirish;* v) “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;* g) “Umra” tadbiriga voyaga yetgan fuqarolarni yuborish; d) “Umra” tadbirini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish.* Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat: a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilish; b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yo‘nalishidagi faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;* v) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;* g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targ‘ib va realizatsiya qilish;* d) har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish; j) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas (“Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha arizalar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan kelishiladi). |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati; b) sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati; v) sug‘urtalovchilarning faqat qayta sug‘urtalash faoliyati. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Litsenziyalovchi organ: | Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati uchun: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha tanlash (hayotni sug‘urta qilish sohasi; umumiy sug‘urta sohasi; majburiy sug‘urta; faqat qayta sug‘urtalash), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot. b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank ma’lumotnomasi, “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi ma’lumot va ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvarag‘idan ko‘chirma); sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida o‘zaro axborot almashish to‘g‘risida yozma bitimning mavjud bo‘lishi — majburiy va ixtiyoriy sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sug‘urtalovchilar uchun (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar bundan mustasno); Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda: v) sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimning nusxasini; g) sug‘urtalovchining Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. Faoliyat predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda: d) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovoni va tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan o‘z filiallarining tasdiqlangan nizomlari nusxasi. Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda: e) tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini; j) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sug‘urta tovoni haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun: ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 ish kuni | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; b) sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash; v) litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish; g) quyidagi shaxslarni sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yo‘l qo‘ymaslik: terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar; d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik; e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida bo‘linmalarining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy ko‘nikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obro‘siga ega bo‘lishi; j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida o‘rindoshlik asosida ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik; z) besh yil mobaynida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha ma’lumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash. Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari: a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo‘lishi; b) Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida o‘zaro axborot almashish bo‘yicha tegishli kelishuvning mavjudligi; v) qonunchilik talablari asosida elektron sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash uchun axborot tizimining mavjudligi; g) sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va ushbu tizim orqali sug‘urta polislarini rasmiylashtirish; d) aksiyadorlar bo‘lgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pog‘onadan ko‘p) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud bo‘lmasligi; e) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z filiallariga ega bo‘lishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun; j) sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimning mavjud bo‘lishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun; z) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan o‘z filiallari mavjud bo‘lishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalovchilar uchun; i) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sug‘urta tovoni haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun; k) sug‘urtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning mavjud bo‘lishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun. Sug‘urta brokerlari uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari: a) sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash; b) sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi; v) sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish. Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12. | Sug‘urta faoliyati klassifikatori: | Hayotni sug‘urta qilish sohasi
Umumiy sug‘urta sohasi
Litsenziat, unda mazkur pasportda belgilanadigan sug‘urta klasslarini qo‘shib olib borishga doir cheklashlarni hisobga olgan holda sug‘urtaning tegishli klasslari ko‘rsatilgan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda,ikki va undan ortiq sug‘urta klassi belgilariva mazmunini jamlovchi sug‘urta turini ishlab chiqishga haqlidir. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat — sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini qo‘shib olib borishga haqli emas, umumiy sohasining 1,2 va 18 klasslari bo‘yicha faoliyat bundan mustasno. |
1. | Litsenziya nomi: | iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) rektifikatlangan iste’mol etil spirtini, shu jumladan, uzum, rezavor meva, shuningdek, vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xom ashyosini ishlab chiqarish; b) texnik etil spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish; v) uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish; g) aroq, shu jumladan, uzum va meva arog‘ini, shuningdek, likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish; d) konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish; e) uzum va rezavor meva vinosini, ko‘piklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish; j) o‘tkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish; z) uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari |
4. | Litsenziyalovchi organ: | alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) ishlab chiqarish obyektining pasporti. Quyidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” ATga kiritadi: v) ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organining xulosasi raqami va sanasi; g) ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi raqami va sanasi; d) ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy yongin nazorati organining xulosasi raqami va sanasi; e) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda o‘lchash jihozlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi; j) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo) qurilganda va yangisi tashkil etilganda, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilganda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining taklif etilayotgan yangi quvvatlarni tashkil etilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | yillik litsenziya to‘lovlari: a) rektifikatlangan iste’mol etil spirti ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida; b) texnik etil spirti, efiraldegidli fraksiya (etil spirt?ning bosh fraksiyasi) ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida; v) iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida; g) o‘tkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklari ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida; d) uzum va meva arog‘i, uzum va rezavor meva vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brend, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida; e) uzum va rezavor meva spirti, vino spirti, uzumdan va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xom ashyosi, uzumli, vinoli, konyakli, viskili, romli, rezavor mevali va kalvadosli distillyat, ko‘piklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida; j) uzum va rezavor mevadan vinomateriallar ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida. Yillik litsenziya to‘lovidan tushadigan mablag‘lar Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda (shu jumladan, sifati, saqlanishi va aylanmasiga rioya qilish) qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilish; b) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta’minlash; v) lizensiyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, muvofiqlik sertifikatlari va boshqa tegishli hujjatlarning mavjudligi; g) har bir mahsulot turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yo‘riqnomalarning mavjudligi; d) spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi; e) zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligi;* j) ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha degustatsiya komissiyasiga har chorakda mahsulot namunalarini taqdim etish; z) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish axborot tizimini joriy etish va foydalanish, shuningdek, elektron shakldagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish; i) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq etil spirti va alkogol mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya qilish; y) iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;* k) rektifikatlangan iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi qoshidagi etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyasining mavjudligi; l) aroq hamda iste’mol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 60 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim; m) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda iste’mol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash; n) aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan uch yil ichida o‘zining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratilishi va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan so‘ng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hosilni yig‘ish imkonini berishi kerak; o) vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud bo‘lgan tashkilotlar tomonidan tabiiy vino, vino materiallar va konyak spirtlari ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish; p) tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori ta’minlanishi: iste’mol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari miqdorida va undan ortiq; boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari miqdorida va undan ortiq; r) barcha iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yig‘ma hisobga olish ma’lumotlari ko‘rsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud bo‘lishi; s) real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich o‘rnatilgan avtotransport vositalarida iste’mol va texnik etil spirtini realizatsiya qilishni ta’minlash; t) alkogol mahsulotlariga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilarini qo‘llash va (yoki) patentlangan sanoat namunalaridan foydalanish, shu jumladan tegishli litsenziya shartnomalari asosida*. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organining xulosasi; b) ishlab chiqarishning qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi; v) ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilikda belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy yongin nazorati organining xulosasi; g) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda o‘lchash jihozlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi xulosasi; d) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo) qurilganda va yangisi tashkil etilganda, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilganda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining taklif etilayotgan yangi quvvatlarni tashkil etilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Xorijiy etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablariga rioya qilinmaganda jarima ko‘rinishida quyidagi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llaydi: a) aroq, shuningdek, iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlari quyidagidan kam bo‘lmagan miqdorda ishlatilishini ta’minlamaslik: 60 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida; 40 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida; b) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda iste’mol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlari quyidagidan kam bo‘lmagan miqdorda ishlatilishini ta’minlamaslik: 50 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida; 30 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorida; v) boshqa turdagi spirtdan (rekgifikatlangan iste’mol etil spirti, konyak distillyati va meva, uzumdan rektifikatlangan etil spirtidan tashqari) foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, xorijiy etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish — ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining (ulgurji narxlarda) 200 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; g) etil spirti va alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chog‘ida arizada kiritilmagan saqlash joylarida saqlash — bunday saqlash joylarida bo‘lgan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; d) tashkilotlar tomonidan alkogol mahsulotlarini bunday mahsulotga belgilangan eng kam ulgurji narxlardan past narxlarda sotish: alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; jarima qo‘llanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan o‘sha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqargan tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; e) iste’mol etil spirtini 50 foizlik oldindan to‘lovsiz sotish — olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 50 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; j) alkogol mahsulotini (pivo mahsuloti, ko‘piklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxsga sotish — olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 100 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda; z) iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotini Hisobga olish axborot tizimi hisobiga kiritmasdan ishlab chiqarish va (yoki) muomalaga chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida; i) Hisobga olish axborot tizimiga ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalaga chiqarilgan iste’mol etil spirti, alkogol mahsuloti hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida; y) boshqa litsenziya talablarining bajarilmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida. Litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun to‘lanadigan jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
1. | Litsenziya nomi: | alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi; v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjat nusxasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik litsenziya to‘lovi undiriladi. Yillik litsenziya to‘lovidan tushadigan mablag‘lar Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 5 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilish; b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi); v) Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini ishlatish; g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish; d) alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, yillik litsenziya to‘lovini to‘lash; e) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘i ko‘rinishida shakllantirish; j) alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanishga va (yoki) umumiy ovqatlanish korxonalari orqali chakana sotish uchun xabarnomalar reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslarga sotishga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;* z) alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartiblariga rioya etish;* i) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy vinolar mustasno) saqlash va sotish, bundan import qilingan alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish mustasno.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | omborning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi to‘g‘risida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati organining xulosasi (5 kun); ombor inshootlarining qonunchilikda belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining xulosasi (5 kun). |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hududida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya talablari va shartlari buzilganda litsenziatga quyidagi miqdorlarda moliyaviy jarima qo‘llaniladi: a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chog‘ida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; b) hisobga olish axborot tizimda hamda “Asl belgisi” MATda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida; v) litsenziya talablarini va shartlarini boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti: ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi to‘g‘risidagi hujjatlar; uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat; uskunaning texnik holati va o‘rnatilgan ishlab chiqarish quvvatlari. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdori |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdori |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga majburiy rioya qilish; b) ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xom ashyoni pirovard iste’molchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni ta’minlovchi texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi; v) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi; g) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta’minlash; d) ro‘yxatdan o‘tkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi; e) mahsulotning har bir turi bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalarning mavjud bo‘lishi; j) ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud bo‘lishi;* z) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beruvchi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan, shu jumladan, import qilingan tamaki xom ashyosidan foydalanish. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xom ashyosini sotib olish miqdorini tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tamaki xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida ta’minlanishi kerak. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (5 ish kuni ichida); ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarining xulosasi (5 ish kuni ichida). O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (5 ish kuni ichida); belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi to‘g‘risida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining xulosasi (5 ish kuni ichida). |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar |
1. | Litsenziya nomi: | affinaj faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilardagi qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shuningdek, mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda o‘z ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish; b) foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litseziyaga ega bo‘lganlar uchun — tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mineral xom ashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtovkalash, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan konsentratlarni, gravitatsiya konsentratlarini, cho‘kindi oltinni, Dore qotishmasini, katod metallarni, rux cho‘kmalarini, boyitilgan smolani olish; v) tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni to‘plash, tashish, qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, ularni saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish; g) yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarning parcha va chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni, ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishdagi va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan boshqa buyumlarni sotib olish; d) oltin izlovchilarga xizmatlar ko‘rsatish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni to‘plash uchun sotib olingan qimmatbaho metallarning but saqlanishini ta’minlashga doir talablarga muvofiq jihozlangan sayyor qabul qilish-tayyorlov punktlarini tashkil etish; e) respublika hududida qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish punktlarini ochish; j) qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar (oilaviy korxonalar bundan mustasno) |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi sertifikat haqida ma’lumot (elektron yoki analitik tarozilar va toshlar (har xil og‘irlikdagi)); v) qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash mo‘ljallanayotgan obyektning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi; g) obyektning texnik mustahkamligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) ulanganligi haqidagi ma’lumotlar — qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash mo‘ljallanayotgan obyektlar uchun; d) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya haqidagi ma’lumotlar; e) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi raqami va sanasi; j) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud asbob-uskunalar va texnologiyalar ro‘yxati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdori |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash mi??orining 5 baravari miqdori |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | litsenziya berish uchun — 5 ish kuni; litsenziyaning amal qilishini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish uchun — 2 ish kuni. |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yashashga mo‘ljallanmagan bino va inshootlar (turar joylardan va ijtimoiy-madaniy obyektlardan kamida 150 metrdan uzoqlikdagi masofada joylashgan), ishlab chiqarish maydonlari va talablarga mos keladigan sharoitlarning mavjudligi; b) litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi; v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parcha va chiqindilar bilan bog‘liq faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilish; g) belgilangan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatiladigan joylarda yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari hamda normalari, gigiyena va ekologiya normativlari, ikkilamchi resurslarni saqlash chora-tadbirlariga rioya qilishni ta’minlash; d) belgilangan talablarga muvofiq affinaj faoliyati amalga oshiriladigan obyektning texnik mustahkamligini ta’minlash; e) litsenziyalanadigan faoliyatni faqat litsenziyada ko‘rsatilgan joyda amalga oshirish.* Qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan va (yoki) ustav fondida davlat ulushiga ega bo‘lmagan yoki ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslar uchun: j) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan o‘tgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;* z) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;* i) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi; y) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga yoki ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarning shtatda mavjudligi; k) barcha operatsiyalar bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi ishlab chiqilgan (mustaqil ravishda yoki professional mutaxassislarni jalb qilgan holda) texnik hujjatlarning mavjudligi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va (yoki) ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun: l) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan o‘tgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;* m) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga ega bo‘lgan xodimlarning shtatda mavjudligi; n) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;* o) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi; p) barcha turdagi operatsiyalar bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga talablarni, cheklovlar, sarflash normalari va yo‘qotish normalarini tartibga solib turuvchi texnik hujjatning mavjudligi; r) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, ikkilamchi resurslar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoldiqlari hamda chiqindilarini kirim qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibiga rioya qilish bo‘yicha talablarni bajarish; s) xom ashyodagi, yarim tayyor mahsulotlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi qimmatbaho metallarning kelib tushishini, sarflanishini va qoldiqlarini, shuningdek, ushbu qimmatliklar chiqindilari va yo‘qotishlarining qat’iy hisobini yuritish; t) qimmatbaho metallarning, shu jumladan, mineral xom ashyodagi, ikkilamchi resurslardagi, parchalar va chiqindilardagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi, barcha saqlash joylaridagi va bevosita ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda xatlovdan o‘tkazish; u) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlashni tartibga soluvchi zarur texnik hujjatlarning mavjudligi; f) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilar harakati haqida litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim qilish. Ishlarni amalga oshirishga talablarni tartibga soladigan texnik hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, shu jumladan, inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat mol-mulki xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini ta’minlash, shuningdek, tabiiy va yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi kerak. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — litsenziya talabgori faoliyati xususiyatiga muvofiq o‘lchashlar doirasida o‘lchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil og‘irlikdagi)) qiyoslashdan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatga nisbatan — o‘lchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil og‘irlikdagi)) qiyoslashdan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikat haqida ma’lumot bo‘yicha; b) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — obyektning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ma’lumot bo‘yicha; v) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (O‘zbekiston R??publikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari) — obyektning texnik mustahkamligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga ulanganligi haqida ma’lumot bo‘yicha; g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — talabgorda prekursor aylanmasi, undan foydalanish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya mavjudligiga nisbatan; d) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — talabgor Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega ekanligiga nisbatan. Kelishish muddati 2 kundan iborat. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | 10 yil |
12. | Izoh. | Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi ham mavjud bo‘lganda, qimmatbaho metallarni, shuningdek, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, shuningdek, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining parchalari, chiqindilarini, shu jumladan, o‘z ishlab chiqarish chiqindilarini affinaj qilish huquqiga egadir. Bunda affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish; b) xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish; v) mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish; g) xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibning ro‘yxati; v) temir yo‘l transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning ro‘yxati. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari; mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari; xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari; mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari; xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 ish kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) yuklarni tashish qoidalari, temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish; b) harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan, temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni bilish bo‘yicha Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarning shtatda mavjud bo‘lishi; v) lokomotiv, yo‘lovchi yoki yuk tashish vagonining tegishli temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi tomonidan rejali ta’mirlash turlaridan o‘tganligini tasdiqlovchi texnik pasportining (formulyari) mavjud bo‘lishi; g) temir yo‘lda tashishlar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasi, harakatlanuvchi tarkibni texnik soz holatda saqlash, uning butligini ta’minlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, lokomotivni reysdan oldin texnik ko‘rikdan va tegishli xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha talablar va normalarning bajarilishi;* d) yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan harakatlanuvchi tarkibning, shuningdek, xodimlarning temir yo‘l transportida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi; e) harakatlanuvchi tarkibning xizmat muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarning, yangidan sotib olingan harakatlanuvchi tarkib uchun sertifikatlarning, kirish yo‘lining texnik pasporti hamda kirish yo‘lida xizmat ko‘rsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning mavjud bo‘lishi; j) litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada ko‘rsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;* z) litsenziat tomonidan temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;* i) temir yo‘l transportida tashishlar jarayoni bilan bog‘liq ishlarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi;* k) litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani to‘g‘risidagi dalillarning aniqlanishi.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Korxonaga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan harakatlanuvchi tarkib bilan o‘zining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun notijorat asosida temir yo‘l transportida yuklarni tashish uchun mazkur litsenziyani olish talab etilmaydi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi: | pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) pirotexnika buyumlarini yaratish; b) pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish; v) pirotexnika buyumlarini tashish; g) pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish; d) pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish; e) pirotexnika buyumlarini saqlash; j) pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish; z) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari). |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talablari va shartlariga litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy; b) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan barcha zarur ishlarni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirish uchun moddiy-texnika baza to‘g‘risidagi ma’lumotlar (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnikani qo‘riqlash punkti tomonidan qo‘riqlashga qabul qilinganlik shartnomasi hamda pirotexnika buyumlari omborining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari); v) xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat turlari bilan bog‘liq yong‘inlar va boshqa halokatli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi; g) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan yuridik shaxs rahbarlari va xodimlari ro‘yxati, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanalari va joylari, doimiy yashash joylari, egallab turgan lavozimlari, belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organlari bilan kelishilgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari yoki sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar bilan ishlash bo‘yicha staji ko‘rsatiladi; d) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi yuridik shaxs rahbarlari va xodimlarining malakaviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, unga tegishli hujjatlar (oliy va/yoki o‘rta kon-texnika bo‘yicha yoxud boshqa o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarning, xavfli yuklarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomalarning, malaka toifasi berish, oxirgi 5 yilda malaka oshirish va/yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar va hujjatlarning elektron nusxalari); e) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud litsenziya talabgori tomonidan tegishli soha tashkiloti bilan o‘ziga tibbiy va texnik ko‘rikni o‘tkazish imkoniyatini berish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi mavjudligi (pirotexnika buyumlarini tashish bo‘yicha faoliyat uchun). Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | baz?viy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, tegishli texnik reglamentlarga yoki standartlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga majburiy rioya qilish, jamoat tartibi, yong‘in xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va talablarini ta’minlash; b) litsenziya talabgorlariga arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini to‘liq hajmda amalga oshirish, shu jumladan, unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasida amal qiluvchi me’yorlar, qoidalar va texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob beradigan tegishli moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, joylar, hududlar, ko‘tarish-transport asbob-uskunalari, muhandislik kommunikatsiyalari, apparatlar, texnologiyalar, texnologik asbob-uskunalar, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari, sinash, nazorat qilish, o‘lchash, yashindan himoya qilish, yoritish vositalari, inventar, ventilyatsiya, transport vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika, yong‘inga qarshi avtomatika tizimlari, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, boshqa texnik vositalar) uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; v) pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish obyektlari ishonchli qo‘riqlanishini, ularni fizik va texnik himoya qilish tadbirlari o‘tkazilishini, ularni transportda tashishda kuzatib borishni, pirotexnika buyumlaridan ruxsat berilmagan holda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejim choralari va boshqa choralar ko‘rilishini ta’minlash; g) faoliyatning litsenziyalanadigan turiga tegishli qismi bo‘yicha pirotexnika buyumlari va ularning komponentlari mavjudligi va sarfi (ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish, yo‘q qilish, utilizatsiya qilish) hisobini yuritish;* d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik hujjatlar va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlar mavjudligi; e) yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, xodimlarning xatti-harakati rejasini ishlab chiqish; j) yong‘inni o‘chirish va boshqa favqulodda vaziyatlar, xavfli moddalar tarqalishi (oqib ketishi)ning oldini olish va lokalizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yakka tartibda va jamoaviy himoyalanish vositalari, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi hamda ish holatida bo‘lishi; z) litsenziya talabgorining shtatida tegishli malakali, me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq sanoat maqsadidagi portlatish materiallari va pirotexnika buyumlari bilan ishlashga ruxsat berilgan texnik xodimlar, shu jumladan, tegishli ma’lumotli, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar mavjudligi; i) faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; y) har yili Litsenziyalovchi organga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmay faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlar ro‘yxatini taqdim etish; k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan ishlab chiqarish rahbarlari, xodimlar, ishlab chiqarish nazorati xizmatlari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish; l) litsenziyada ko‘rsatilgan obyektlar manzillari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno);* m) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarga ega bo‘lgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatda). Qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi: pirotexnika buyumlarini yaratish bo‘yicha: n) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda texnik reglamentlarda yoki standartlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yong‘in-texnik tekshirishlarini o‘tkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi; o) pirotexnika buyumlarining nazorat sinovlarini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi; p) normativ-texnik talablarga muvofiq bo‘lgan va pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va iste’mol xossalarini ta’minlash uchun axborotning to‘liq berilishini ta’minlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yo‘riqnomalar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar)ni yuritish; pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha: r) litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish; s) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi belgilagan tartibda tayyor mahsulotning metrologik ta’minoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish; t) ishlab chiqariladigan pirotexnika buyumlarining har bir turi bo‘yicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yo‘riqnomalar, texnik shartlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi; u) buyumlarni ishlab chiqarishda, shu jumladan, import bo‘yicha olib kelingan, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ?ortlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan xom ashyo va komponentlardan foydalanish; f) foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash; x) rahbarning rejim bo‘yicha o‘rinbosari mavjudligi; pirotexnika buyumlarini tashish bo‘yicha: s) tashish yo‘nalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yo‘l harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini ta’minlash; ch) yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;* sh) avtotransport vositalarining yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini ta’minlash; pirotexnika buyumlarini saqlash bo‘yicha — bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash; pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish bo‘yicha: e) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga pirotexnika buyumlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik;* yu) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) faqat pirotexnika buyumlaridan foydalanish bo‘yicha faoliyat turini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga sotish;* pirotexnika buyumlaridan foydalanish bo‘yicha: ya) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish joyi (obyekti)ni, vaqtini va shart-sharoitlarini ichki ishlar va davlat yong‘in nazorati hududiy organlari bilan oldindan kelishish; o‘) pirotexnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), ta’lim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros obyektlari, portlash va yong‘inga xavfli obyektlar hududida, temir yo‘llar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bog‘lar, o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; maxsus o‘qitilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq malaka talablariga javob bermaydigan shaxslar; doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar; ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslar; qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar; jinoiy jazoni o‘tayotgan shaxslar; bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar; ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan shaxslar. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya | ||||||||||||||||
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish; b) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish); v) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash; g)tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida saqlash; d) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish); e)tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olish; j) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida tashish. | ||||||||||||||||
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs | ||||||||||||||||
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi | ||||||||||||||||
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), STIR, litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy, litsenziya olish maqsadi (yangi, qayta yoki uzaytirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda); v) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy organlarining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalar, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; g) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; d) Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; e) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining ishlab chiqarish sharoitlarini ekologik talablarga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; j) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi, binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat; z) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mulk va binolarni qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari bilan tuzilgan shartnoma (kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda). Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, taksikoimaniya, alkogolizm sababli dispanserlik hisobida ro‘yxatda turish yo?i sudlanganligi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomani vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil tarzda oladi. | ||||||||||||||||
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida | ||||||||||||||||
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish (tola va urug‘) — BHMning 3000 baravari; b) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish) (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari; v) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari; g) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida saqlash (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari; d) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish) (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari; e) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olish (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari; j) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida tashish (tola va urug‘) — BHMning 200 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. | ||||||||||||||||
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 30 kun | ||||||||||||||||
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish; b) yuridik shaxsning shtatida tegishli malakaga ega bo‘lgan kamida uch nafar mutaxassis mavjud bo‘lishi; v) moddiy-texnik baza, uskunalar, boshqa texnik vositalardan foydalanishni qamrab olgan holda litsenziyalangan aniq faoliyat turi bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etish; g) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida foydalaniladigan yer uchastkasi, binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarning bo‘lishi; d) ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha talablar va normalarga rioya qilinishini ta’minlash; e) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishda foydalaniladigan yer maydonlari, binolar va inshootlar atrofida kamida to‘qson kunlik videoyozuvni saqlash imkoniyatini beradigan tungi kuzatuv imkoniyatiga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimining mavjudligi;* j) kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilgan xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirish;* z) kannabis o‘simligining urug‘lik materialini import qilishda, import qilinadigan namunalar tarkibidagi TGK miqdori va karantin obyektlari mavjudligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishi shart; i) laboratoriyada qiyosiy tahlillarni amalga oshirish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lish;* y) irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish; k) kannabis o‘simligi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi miqdorini (0,2 foizdan kam bo‘lgan) minimallashtirish choralarini ko‘rish; l) kannabis o‘simligining xavfsizligi va saqlanishini ta’minlash; m) ishlab chiqarilgan mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘liq qayta ishlash va qayta ishlangan mahsulotning kamida 50 foizini eksportga yo‘naltirish; n) kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash joylarining texnik jihatdan mustahkamlangan bo‘lishi, jismonan qo‘riqlanishi hamda qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari bilan butlangan bo‘lishini ta’minlash; o) kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash obyektlari (joylari) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari tomonidan qurolli qo‘riqlanishini tashkil etish (kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda); p) kannabis o‘simligini tashishda avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobillari kuzatuvini ta’minlash (kannabis o‘simligini tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda); r) kannabis o‘simligida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining mavjudligini tarkibiy miqdori jihatdan to‘liq tahlil qilish imkoniga ega bo‘lgan zamonaviy laboratoriyaning mavjudligi;* s) litsenziat tomonidan kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish bilan bog‘liq barcha jarayonlarida “Blokcheyn” zamonaviy nazorat texnologiyasidan foydalanish. Kannabis o‘simligini yetishtirishda litsenziatga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: t) kannabis o‘simligini yetishtirish uchun litsenziat: irrigatsiya infratuzilmasini yangilashi va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etishi; litsenziyalovchi organ vakiliga yoki jalb etilgan ekspertlarga, bayon etilgan kannabis o‘simligi navining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini va vegetatsiya davrining turli bosqichlarida tarkibidagi TGK miqdorini aniqlash maqsadida namunalar olishi uchun kannabis o‘simligi yetishtirilayotgan ekin maydoniga kirib borishiga imkoniyat yaratishi; tungi paytda ekin maydonlari konturlari to‘liq ko‘rinib turishi uchun yoritish moslamalari bilan jihozlashi; litsenziyalovchi organ tomonidan namunalar olinishi hamda tarkibidagi TGK miqdori tekshiruvi o‘tkazilgunga qadar kannabis o‘simligi hosilini yig‘ib olishga yo‘l qo‘yilmasligi; kannabis o‘simligining yangi sanoat navlarini sinash tajribasini faqat yopiq inshootlarda o‘tkazishi; kannabis o‘simligi yetishtirishni boshlagunga qadar ishlab chiqarishning texnologik reglamentini tasdiqlashi shart; u) kannabis o‘simligi hosilining bitta partiyasidan olingan namunalar ushbu o‘simlik hosilining boshqa partiyasidan olingan namunalar bilan aralashtirilmasligi zarur. Kannabis o‘simligini va uni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilish (berish)da litsenziatga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: f) ishlab chiqarish korxonalarida kannabis o‘simligi hosilini saqlash alohida jihozlangan omborxonalarda (keyingi o‘rinlarda — omborxonalar) amalga oshiriladi; ish vaqtidan tashqari paytlarda binolar qulflangan, muhrlangan hamda qo‘riqlash uchun topshirilgan bo‘lishi va unga olib boruvchi yo‘llar kechki paytda yoritilgan bo‘lishi kerak. x) omborxonani jihozlash bo‘yicha eng kam talablar quyidagilardan iborat: omborxona atrofi bo‘ylab kamida 3 metr balandlikda 2 “yegoza” turidagi tikonli sim bilan o‘ralgan bo‘lishi hamda qulflanadigan darvozaga ega bo‘lishi; omborxona darvozasi qulflangan va muhrlangan holatda, kaliti va muhri esa moddiy javobgar shaxsda bo‘lishi; qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasiga, shuningdek, videokuzatuv tizimiga ega bo‘lishi; umumiy aylanmali shamollatish tizimiga ega bo‘lishi lozim; s) kannabis o‘simligi hosili omborxonalarga olib kelinganda korxona rahbari yoki vakolatli shaxs uning miqdori kuzatuv hujjatlariga mosligini tekshirishi shart; ch) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini saqlash uchun korxona rahbari yoki korxona rahbarining buyrug‘i bilan javobgar shaxs tayinlanadi; sh) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini saqlash yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda ekologik, qurilish, sanitariya-gigiyena va fitosanitar talablarga muvofiq amalga oshiriladi; e) ishlab chiqarish inshootlari devorlari, yuk ko‘taruvchi qurilmalarning tashqi tarafini tozalash va zararsizlantirish uchun ochiq holda bo‘lishi kerak. Omborxonalarning tomi va devorlari, shamollatish tizimlari teshiklari himoyalangan hamda ularga yomg‘ir va begona predmetlarning tushishini oldi olingan bo‘lishi lozim. Omborxonalarda saqlanayotgan kannabis o‘simligi hosili qayta ishlangunga qadar xavfsiz va barqaror saqlanishi uchun quritish va zararsizlantirishning texnologik jarayoni bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim; yu) omborxonalarda quyidagilar taqiqlanadi: kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari bilan birga zaharli va yonuvchi kimyoviy vositalar, neft mahsulotlari, shuningdek, kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlarining ifloslanishiga olib keluvchi boshqa turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini saqlash; ichki yonuvchi dvigatellarga ega bo‘lgan mashinalarni ishlatish; ya) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘limiga (sexiga) o‘tkazish ishlab chiqarishning kunlik ehtiyojiga muvofiq korxona rahbari yoki uning o‘rinbosarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashishda litsenziatga qo‘yiladigan talablar: aa) kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni tashish ishlari “furgon” yoki “konteyner” turidagi yopiq kuzovga ega bo‘lgan va qulf bilan berkitiladigan hamda muhrlanadigan maxsus transport vositalarida amalga oshiriladi. Kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini temir yo‘l transportlarida tashish uchun sanitariya-epidemiologiya talablariga javob beradigan yopiq vagonlar yoki konteynerlar talab etiladi; bb) maxsus transport vositalarining texnik holati transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasi talablariga, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga hamda ushbu Pasportda belgilangan talablarga javob berishi shart; vv) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini maxsus yoki maxsuslashtirilgan konteynerlar, belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan umumiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan konteynerlar, avtomobillar va tirkamalarda tashish mumkin; gg) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashuvchi “furgon” turidagi kuzovli transport vositalari, shu jumladan, avtotirkamalar kuzovi to‘liq yopilgan va mustahkam bo‘lishi, yoriqlar, ichki elektr uzatgichi bo‘lmasligi va haydovchi kabinasi bilan kamida 150 mm oraliq masofada bo‘lingan bo‘lishi kerak. Kuzovni tayyorlash uchun ishlatilgan yog‘och yong‘indan himoyalovchi tarkib bilan to‘ydirilgan bo‘lishi lozim. Kuzovni ichki qismini yopish uchun chaqmoq chiqarmaydigan materiallar ishlatilgan bo‘lishi zarur. Tashilayotgan yuk bilan xavfli birikmani hosil qiladigan materiallarni ishlatilishi qat’iyan man etiladi. Furgon tashqaridan metalli tunika yoki temir listlari bilan qoplangan bo‘lishi zarur; dd) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashishda foydalaniladigan transport vositalarining yuk tashish qismlari konstruksiyalari yuvilgan, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilingan, himoyalangan, shuningdek, tashish jarayonida to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, hashoratlar va hayvonlar ki?ib qolishining oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak; yeye) kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini kuchli hidlanuvchi zararli moddalar tashilgan transport vositalarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi; jj) kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari tarasiz usulda qoplarda tashiladi. Qoplar tikiladi va markirovka qilinadi. Markirovka kannabis o‘simligining navi, yetishtirish yili, qo‘llanilishi, ishlab chiqaruvchi va yuboruvchining nomi, qadoqlash vazni, yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Markirovkada ko‘rsatilgan ma’lumotlar iste’molchi uchun aniq va oson o‘qiladigan hamda yuvilmaydigan harflarda, davlat tilida yozilgan bo‘lishi lozim; zz) litsenziat kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish davriga qadar davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari bilan kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish uchun foydalaniladigan viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi transport vositalariga kuzatuv xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani imzolashi shart; ii) litsenziat kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashish yo‘nalishlari to‘g‘risida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalarini transport vositalari yo‘lga chiqishidan kamida qirq sakkiz soat oldin xabardor qilishi lozim. Kannabis o‘simligini va uni qayta ishlash mahsulotlarini hisobga olish va tarkibidagi TGKni aniqlash uchun testdan o‘tkazishda litsenziatga qo‘yiladigan talablar: yy) kannabis o‘simligi va uni qayta ishlash mahsulotlari tarkibidagi TGKni aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlari akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda hamda litsenziat laboratoriyalarida (mustaqil ekspertiza) amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Laboratoriya sinovlari o‘tkazishdan maqsad kannabis o‘simligi namunalarining quruq vazni tarkibidagi TGK miqdorini aniqlashdan iborat. Bunda laboratoriya sinovlari uchun to‘lovlar litsenziat hisobidan amalga oshiriladi; kk) TGKni testdan o‘tkazish amaldagi metodikaga muvofiq gazli yoki suyuqlik xromotografida amalga oshiriladi; ll) ekin maydonining bitta konturida yoki omborxonada tarkibida TGK me’yordan ortiq bo‘lgan kannabis o‘simligi namunalari aniqlanganda, ekin maydonining barcha konturlaridan yoki omborxonalardan olingan kannabis o‘simligi namunalari majburiy tartibda laboratoriya sinovidan o‘tkaziladi; mm) kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari tarkibida TGK me’yordan (0,2 foizdan) yuqori bo‘lgan namunalar aniqlanganda, uni yo‘q qilish giyohvand vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; nn) namunalar tarkibida TGK me’yordan ortiq ekanligi aniqlangan ekin maydoni konturida yetishtirilgan yoki omborxonalarda saqlanayotgan barcha kannabis o‘simligi va uning qayta ishlash mahsulotlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi. Namunalar tarkibida TGK me’yordan ortiq ekanligi aniqlangan kannabis o‘simligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini yo‘q qilish litsenziatning kuchi va vositalari bilan komission tartibda litsenziat, litsenziyalovchi organ va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi; oo) kannabis o‘simligi hosilini yig‘ish va mahsulot harakatining barcha jarayonlari omborxona bo‘limi (sex)dagi qayd etish daftarida yozib boriladi; pp) litsenziat majburiy tartibda quyidagilarning hisobini yuritadi: kannabis o‘simligi urug‘ini yoki ko‘chatini xarid qilish hujjatlarining asli; kannabis o‘simligi urug‘ini ishlatish va (yoki) ko‘chatlar sonining vazni; ishlab chiqarilgan tayyor ko‘chatlar soni; yo‘q qilingan kannabis o‘simligining namlik xususiyatlarini inobatga olgan holdagi vazni; o‘simlik qoldiqlari va buzilgan o‘simlik to‘qimaning vazni; rr) qayd etish daftaridagi har bir qayd o‘rganish uchun jalb etilgan litsenziyalovchi organ va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan tasdiqlanishi shart. Litsenziat litsenziyalovchi organ va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga qayd etish daftarini ko‘rish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. | ||||||||||||||||
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy organlari; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi; Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi va bo‘limlari ; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi. | ||||||||||||||||
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | 5 yil | ||||||||||||||||
12. | Izoh. | Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish uchun ruxsat etilgan kannabis o‘simligining (Cannabis Sativa L.) navlari
* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | veterinariya faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari; b) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash; v) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: Yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; Yakka tartibdagi tadbirkor uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 10 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) veterinariya faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablariga rioya etish; b) yakka tartibdagi tadbirkor veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;* v) yuridik shaxs shtatida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislarining mavjud bo‘lishi;* g) yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalg? oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi; d) litsenziya talabgori yoki litsenziat veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega bo‘lishi; e) veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni faqat ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshirish; j) O‘zbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika usullarini va veterinariya preparatlarini qo‘llash; z) veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirishga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: bino ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanishi shart; binoning atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan bo‘lishi zarur; veterinariya muassasalari ixtisoslashishiga ko‘ra quyidagi minimal talablarga javob beradigan xonalardan iborat bo‘ladi: namuna qabul qilish xonasi — 10 m2; diagnostika xonasi — 8 m2; hayvonlarni yorib ko‘rish xonasi — 8 m2; utilizatsiya qilish xonasi — 8 m2; dori vositalarini saqlash xonasi (omborxona, yerto‘la) — 4 m2; yuvish-sterilizatsiya xonasi — 4 m2; xizmatchilar xonasi — 4 m2; qo‘l yuvish moslamasi (sanuzel bilan) — 2 m2 dan kam bo‘lmasligi zarur; veterinariya muassasasi binosi xonalarining pol qismlari suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan qoplangan, xonaning ichki devori poldan — 1,5 m balandlikkacha moybo‘yoq bilan bo‘yalgan yoki kafel bilan qoplangan bo‘lishi shart. veterinariya muassasalarida kichik avtoklav, tibbiyot dori qutichasi, elektr suv hammomi, lakmus qog‘ozi, tarozilar, gemoglobinometr, gidropult, distilyator, teri orasiga tuberkulinizatsiya qilish uchun ignasiz inyektor, muzlatuvchi kamera, kutimetr, mikroskop, itlar uchun tumshuqband, veterinar sumkasi, hayvonlar uchun fiksatsiya stanogi, stetofonendoskop, termometr, biopreparatlarni tashish uchun termochemodan, maishiy sovitkich, qurutish shkafi, pipetkalar uchun shtativ, probirkalar uchun shtativ, biks, yirik hayvonlar uchun qin oynasi, qoramollar uchun oshqozon zondi, yarim avtomat va avtomat inyektorlar, perkussiya bolg‘asi, akusherlik yig‘masi (nabor), plessimetr, troakar, patmaterial uchun bankalar, kolbalar, bakteriologik probirkalar, menzurka, shisha tayoqcha yoki paster pipetkasi, buyum oynasi, qoplagich oyna, petri chashkasi, bint (uzunligi 3,5 metr), butilkalar, esmarx kurujkasi, qo‘lqoplar, rezina fartuk, rezina etik yoki tapochka, stol, stul, dori vositalari uchun shkaf, kompyuter, oq xalat kabi moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lishi talab etiladi; y) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, biologik preparatlar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini sotish uchun binoga (xonaga) qo‘yiladigan talablar: litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega bo‘lishi; binolar (xonalar) ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanishi; binoda (xonada) amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra tegishli mebellar (ish stoli va stullar, kiyim-bosh, poyabzal va sanitariya-gigiyena kiyimlarini alohida saqlash uchun shkaf), asbob-uskunalar (dori vositalarini guruhlar bo‘yicha saqlash uchun javonlar, metall javon va seyf, termolyabil preperatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich va idishlar), veterinariya preparatlarini retsept asosida tayyorlash va sotish uchun asbob-uskunalar va jihozlar, biologik preparatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich bilan jihozlanishi; vet-dorixonalar turar joy yoki jamoat binolarining birinchi qavatida joylashishi mumkin; vet-dorixona binosi (xonasi) va maydoniga bo‘lgan eng kam talab: tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish zali — 16 m2 (xodimlar ish joyi va vitrina joylashtirish hududi — 8 m2, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish hududi — 8 m2); retsept asosida dori vositalarini (biologik preparatlar bundan mustasno) tayyorlash va qadoqlash xonasi — 4 m2; dori vositalarini saqlash xonasi (termolyabil vositalar uchun sovitkich bilan) — 2 m2;* ovqatlanish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qo‘shimcha xona — 2 m2; dori vositalarini saqlash xonasi binoning pastki qismida, xona balandligi 2,4 metrdan kam bo‘lmagan holda joylashtirilishi mumkin; veterinariya uchastka binosida ochilgan dorixona filiallari 8 m2dan kam bo‘lmagan maydonda joylashtirilishi mumkin; tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish zaliga (savdo zali) kerakli haroratni ta’minlaydigan konditsioner o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; dori vositalarini saqlash xonalarida havo haroratini qayd etish uchun devoriga poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada termometrlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; faoliyat yo‘nalishida biologik preparatlarni sotish bo‘lgan dorixonalarda ularning saqlanishi bo‘yicha yo‘riqnoma talablarini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak; k) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashga qo‘yiladigan eng kam talab: veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar alohida qurilgan, atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan bo‘lishi shart; veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash korxonalarida quyidagi bo‘limlar ko‘zda tutilishi kerak: tovarni qabul qilish va jo‘natish bo‘limi. Bo‘lim yukni tushirish, idishlarni ochib turlarga ajratish xonasi — 12 m2, yukning holatini tekshirish (dori vositalarini identifikatsiyalash) xonasi — 6 m2, reklamatsiya berilgan tovarlarni vaqtincha saqlash xonasi — 6 m2, tayyorlash xonasi — 15 m2, bo‘shagan idishlarni saqlash xonasi — 6 m2 bo‘lishi kerak; tovarni saqlash bo‘limi (omborxonalar, shu jumladan, sovitish kamerasi). Bo‘limda veterinariya preparatlari, dori vositalari, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalari, dezinseksiya, deratizatsiya va dezinfeksiya vositalari alohida-alohida saqlanadi. Omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yo‘lakchasi va maydoniga ega bo‘lishi kerak. qadoqlash bo‘limi (agar, korxonada sanoat asosida ishlab chiqarilgan dori vositalarini qadoqlash amalga oshiriladigan bo‘lsa). Bo‘lim qadoqlash xonasi — 6 m2, idishlarni yuvish va quritish xonasi — 6 m2, yordamchi materiallarni saqlash xonasi — 6 m2 kabilardan iborat bo‘ladi; l) biologik preparatlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyatiga qo‘yiladigan eng kam talablar: korxona hududi begona shaxslarning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi yaxlit devor bilan o‘ralishi, elektr yoritgichlar bilan jihozlanishi hamda kecha-kunduzgi qo‘riqlash tizimiga ega bo‘lishi lozim; biologik preparatlarni ishlab chiqarish va ?ayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyekt uchun ma’muriy-xo‘jalik xizmatlar binosi (xonalar), ixtisoslashuviga ko‘ra ishlab chiqarish binosi, tajriba hayvonlarni saqlash uchun vivariy, kasal hayvonlar uchun izolyator mavjud bo‘lishi kerak; korxona hududiga kirish va chiqishda, avtotransportni yilning istalgan davrida dezinfeksiyalash uchun moslama bilan jihozlangan nazorat-ruxsat punktlari bo‘lishi lozim; ma’muriy-xo‘jalik xizmatlar binolari (xonalar) va korxona oshxonasi ishlab chiqarish hududidan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish binosi va zarur bo‘lgan moddiy texnik bazalarga bo‘lgan talablar: ishlab chiqarish hududining maydoni ishlab chiqarish xususiyati (foydalaniluvchi mikroorganizmlar guruhi), tevarak-atrof xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan sanitariya-himoya zonasi mavjud bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish hududida chiqindilarni to‘plash uchun doimiy ravishda tozalanib dezinfeksiyalanadigan bunkerlar (metall konteynerlar) o‘rnatilgan asfaltlangan (betonlangan) maydonchalar, go‘ngni biotermik zararsizlantirish uchun (kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar go‘ngi bundan mustasno) 3 seksiyadan iborat beton bilan to‘silgan go‘ngxonalar, kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar go‘ngini yoqish uchun maxsus pech, Bekkar chuquri bo‘lishi kerak; biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish hududida boshqa veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar, farmatsevtik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi; ishlab chiqarish binolari texnik normativ hujjatlarga muvofiq talab qilinadigan tozalik darajasiga va ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy ketma-ketligiga mos kelishi, havo shlyuzlari va havo tortish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish binosini (xona) loyihalashtirishda kanalizatsiya oqimiga ulanadigan nuqtalar oqova suvning orqaga oqishining oldini oluvchi uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishini, atmosfera, yomg‘ir va yuvindi suvlarini kanalizatsiyasiga ketkazish uchun qiyalik mavjudligi, quvurlar, yoritish moslamalari, shamollatish moslamalari va boshqa xizmat ko‘rsatish tizimlarni tozalash noqulay bo‘lmasligini, ishchilarning asbob-uskunalardan erkin foydalanishi ularni tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilish hamda xonani yig‘ishtirish, dorivor xom ashyo, veterinariya preparatlari va chiqindilarning qarshi oqimining oldini olish, dorivor xom ashyo, materiallar va veterinariya preparatlarining aralashib ketishining oldini olgan holda saqlash va tashish imkoniyati inobatga olinishi kerak; ishlab chiqarish binosining (xonasining) devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yo‘l qo‘yiladigan holda ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Ta’mirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli bo‘yoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qo‘llanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplangan bo‘lishi kerak; infeksiya qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlash xonalarida chiqindilarni yoqish yo‘li bilan zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun pech, yirik va mayda hayvonlar jasadini zararsizlantirish uchun maxsus qozonlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; korxonaning ixtisoslashuviga ko‘ra ishlab chiqarish hududida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak: xom ashyo ombori va tovarlarni qabul qilish bo‘limi; etalon va nazorat shtammlarini saqlash bo‘limi; biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi bo‘limi; demineralizatsiyalangan suv tayyorlovchi tayyorlov bo‘limi; yuvish, sterilizatsiyalash va muhit tayyorlov bo‘limlari; vivariy bo‘limi (vivariyni xonalari “toza” va “notoza” hududlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak); kasal hayvonlar uchun izolyator; parranda tuxumlarini inkubatsiyalash bo‘limi; ishlab chiqarilgan biologik preparatlarni nazorat qilish bo‘limi; sovitish kameralari; yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar uchun maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan omborxonalar; tayyor mahsulotni qadoqlash bo‘limi; oqova suvlarni zararsizlantirish uchun tozalovchi va sterillovchi moslamalar; sanpropustnik; ishlab chiqarish hududidagi bo‘lishi kerak bo‘lgan bo‘limlarning xonalari ular bajaradigan funksiyalarga qarab bir-biri bilan o‘zaro funksional bog‘liq holda hamda boshqa maqsadda foydalaniluvchi xonalardan ajratilgan blokni tashkil qilib, alohida kirish eshigiga ega bo‘lgan holda joylashtirilishi zarur; kasal hayvonlar uchun izolyator atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan va vivariydan kamida 100 m oraliqda bo‘lishi kerak;* bir vaqtning o‘zida bir necha xil biologik veterinariya dori vositalarini qadoqlash rejalashtirilgan korxonalarda qadoqlash liniyalarini soni ishlab chiqarilayotgan biologik veterinariya dori vositalarini turiga mutanosib bo‘lishi va aloxida-aloxida xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; biologik veterinariya dori vositalari saqlanadigan omborxonalar maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan, quruq, qorong‘i bo‘lishi va unga biologik preparatlar saqlash bo‘yicha mas’ul shaxs biriktirilgan bo‘lishi shart. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi (turi): | telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish; b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish; v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish; g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi; d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish; e) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; j) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; z) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish; i) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; y) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish; k) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish; l) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; m) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish; n) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish; o) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish; p) ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish; r) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini xizmatlari ko‘rsatish; s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish; t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish; u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish; f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga litsenziya olish, muddatini uzaytirish va litsenziyaga o‘zgartirish kiritish Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza (arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili, kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash, shuningdek, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi ko‘rsatiladi); b) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) va ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari, xizmatlar ko‘rsatish hududi ko‘rsatilgan ma’lumot; v) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) ro‘yxati. g) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — tarmoqni tashkil etish va rivojlantirish rejasi (belgilangan shakl bo‘yicha bajariladigan ishlarga qarab zarur ma’lumotlar, abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar); d) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — eshittirishlar konsepsiyasi; e) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — obyektning qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli organning xulosasi yoki obyektni qo‘riqlash bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasi; j) radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olishda — berilayotgan chastotalardan foydalanish imkoniyati va uzatuvchi qurilmalarning tavsifi, quvvati va xususiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish bo‘yicha organning ma’lumoti; z) boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo‘ljallanayotgan taqdirda, ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi; i) O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tele va radio mahsulotlarni tarqatish huquqini olishda — teleradiomahsulotlarni tarqatish bo‘yicha xorijiy ommaviy axborot vositasining (yoki huquq egasining) roziligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma). |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 15 baravari; b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish — BHMning 15 baravari; v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari; g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning 30 baravari; d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 500 baravari; e) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning 800 baravari; j) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 200 baravari; z) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 400 baravari; i) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari; y) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 20 baravari; k) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari; l) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 80 baravari; m) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 140 000 baravari (bunda uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 25 000 baravari**; n) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 2 baravari; o) ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish — BHMning 4 baravari; p) ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 6 baravari; r) ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 30 baravari; s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari; t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish — BHMning 10 baravari; u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 75 baravari; f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 75 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga teng miqdorda yo‘naltiriladi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 10 ish kuni. Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim bo‘lgan hollarda 25 ish kuni. |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi: a) litsenziat tomonidan telekommunikatsiya sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi; b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashni ta’minlash; v) ko‘rsatiladigan xizmatlarning belgilangan sifat me’yorlarini ta’minlash; g) tarmoqlararo qo‘shilishlarni tashkil etish, boshqa operatorlar va provayderlarga o‘z tarmog‘idan foydalanish, shuningdek, ular o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob shartlari va tartibi mavjudligi; d) texnik protokollar va tarmoqlararo qo‘shilishlar spetsifikatsiyalarining nomi, tarmoqlarni nomerlash rejasi, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish tavsiflarining mavjudligi; e) davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyati, huquqni muhofaza qilish organlari manfaatlari yo‘lida va alohida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni o‘tkazishda telekommunikatsiyalar vositalari ishlarini ta’minlash bo‘yicha maxsus talablarga rioya etilishi; j) xizmatlar ko‘rsatish shartlari, tariflar va axborot ma’lumotlarini mijozlarga rasmiy ?yeb-saytlari orqali yetkazish, shu jumladan, teleko‘rsatuvlar jadvalini �mmaviy axborot vositalarida e’lon qilish; z) telefon orqali gaplashishlar, telegraf va telekommunikatsiyalar tarmoqlari bo‘yicha beriladigan boshqa xabarlarning maxfiyligini, axborot xavfsizligini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar obyektlari va inshootlari xavfsizligini ta’minlash;* i) favqulodda holatlarda, shuningdek, operativ-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun asbob-uskunalarni o‘rnatish va ularning ishlashini ta’minlash bo‘yicha telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tayyorlab qo‘yish va ularni ishlatish;* y) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish; k) atrof muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va sanoat sanitariyasi qoidalariga rioya etish; l) litsenziyalanadigan faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organga berish; m) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar va afzalliklar berish; n) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) xizmatlari ko‘rsatish uchun vakolatli organda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tish;* o) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — yuridik shaxs shtatida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga, oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud bo‘lishi; p) teleradiomahsulotlarni va Internet orqali kontent tarqatishda mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etish. Yakka tartibdagi litsenziyalarda qo‘shimcha talablar va shartlar: r) litsenziatlar tomonidan qishloq joylardagi, aholi siyrak va borish qiyin bo‘lgan tumanlardagi foydalanuvchilar uchun majburiy ravishda xizmatlar ko‘rsatish; s) belgilangan tariflar bo‘yicha, shu jumladan, qishloq joylarda, aholi siyrak va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda universal xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash; t) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga adolatlilik va kamsitmaslik asosida ruxsat berish; u) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish rejasi prognozi (belgilangan hududni qamrab olish, uzatuvchi apparat quvvatini va abonentlar sonini ko‘paytirish va boshqalar); f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziyani berishda belgilangan hudud doirasida faoliyat yuritish, biriktirilgan radiochastota nominalida efirga chiqish, x) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda axborot xavfsizligi hamda ommaviy axborot vositalari sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik talablariga rioya etish.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va teleradioeshittirish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga litsenziyalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish va litsenziyaga o‘zgartirish kiritish) Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil; litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi. |
12. | Izoh. | Litsenziya olish talab qilinmaydigan holatlar (harakatlar): pullik televideniye abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq bo‘lmasa; teleko‘rsatuvning kabel tarmog‘i va radioeshittirishning simli tarmog‘i bir muassasa, o‘quv yurti, mehmonxona, sanoat korxonasi binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan bo‘lsa; yuridik shaxs operatorlar tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan foydalangan holda maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida va avtomobil yo‘llari bo‘yida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari xizmatlari ko‘rsatsa, aloqaning taksofon xizmatlari va faks bo‘yicha axborotni jo‘natsa (va qabul qilsa); faoliyat aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tugatish bilan, shuningdek, faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘ini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lsa; asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda mahalliy, radiotelefon, ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan, ushbu faoliyat turlariga oid xizmatlarni uchinchi shaxslarga ko‘rsatmasdan faqat o‘z ishlab chiqarish-texnologik jarayonida va (yoki) signalni yetkazib berish maqsadida foydalanilsa; to‘lov tizimlari operatorlari, to‘lov tashkilotlari, banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek, elektron tijorat platforma operatorlari tomonidan asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanilsa va xizmatlar ko‘rsatilsa; o‘z tarmog‘ini tashkil etmasdan, ma’lumotlarni uzatish operator va provayderlari tarmog‘i orqali Internetdan foydalanish xizmatlarini (Internet kafe) ko‘rsatishda. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. **Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yili uchun ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “m” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha belgilanadi. |
1. | Litsenziya nomi: | birja faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | aksiyadorlik jamiyati hisoblanadigan yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) soliq organi tomonidan qabul qilingan oxirgi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi nusxasi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno); v) birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalarining elektron nusxasi; g) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali shakllanganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) birja faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; b) ishlab turgan elektron birja savdo tizimi mavjudligi; v) tuzilgan birja bitishuvlari bajarilishining kafolatlanishi tizimi mavjudligi; g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini ta’minlash; d) birja savdosi qoidalarida: birja a’zolarining birja savdolariga qo‘yilishi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan birja a’zolarining fond birjasida (fondli bo‘limlarni tashkil etgan boshqa birjalarning ham) birja savdolariga qo‘yilishi; birja tovarlariga narxlar kotirovkasi va ular to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish tartibi; birjada narxlar bilan manipulyatsiya qilish va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldi olinishi to‘g‘risidagi qoidalar mavjudligi; e) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 5 800 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘i ko‘rinishida shakllantirish; j) filiallar mavjud bo‘lgan taqdirda, birjaning barcha a’zolariga ushbu savdolarda bir vaqtning o‘zida qatnashish imkoniyatini bergan holda markazlashtirilgan birja savdolari o‘tkazish; z) birja tovarlariga talab va taklif nisbati asosida ularga kotirovkani amalga oshirish;* i) axborotni qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilish; y) litsenziyalovchi organning talabiga ko‘ra birja faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish; k) birja savdolarini faqat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha birja a’zolari bir paytda va teng kirishini ta’minlovchi elektron tizimda o‘tkazish; l) fond birjasining ijroiya organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari I toifali qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi;* m) majburiyatiga ularning nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida xizmat ko‘rsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish kiruvchi fond birjasi xodimlari II toifali qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini, shu jumladan, o‘zining yoki ijaraga olingan xonaning borligini tasdiqlovchi hujjatlar. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 15 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) O‘zbekiston Respublikasining mehnat va mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi depozit hisobvarag‘ida bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni ariza beruvchining shakllangan ustav jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zaxiraga qo‘yish; v) “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan faoliyatnigina amalga oshirish; g) shtatda kamida ikki nafar xodimning, shu jumladan, oliy ma’lumotga ega rahbarning bo‘lishi; d) yuridik shaxs xodimlari tomonidan uch yilda kamida bir marta litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq malaka sertifikati olish; e) mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, o‘zining yoki ijaraga olingan xonaning bo‘lishi, tegishli moddiy-texnik bazadan, boshqa texnik vositalardan foydalanish; j) xususiy bandlik agentliklari bilan fuqarolar o‘rtasida tuzilayotgan har bir shartnomani maxsus yaratiladigan elektron axborot tizimiga kiritish va uni doimiy yangilab borish;* z) xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirish va saqlash. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash ishlarini bajarish; b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida qurilish-montaj ishlarini bajarish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi bo‘lgan norezident yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan mutaxassislarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi; v) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsiflari. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 10 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatida litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha hujjatlarga (maxsus tayyorgarlik to‘g‘risida guvohnoma, sertifikat), balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish ko‘nikmalari qo‘llangan holda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud bo‘lishi;* b) litsenziya talabgorida (litsenziatda) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, jihozlarning, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga rioya etilishini ta’minlovchi boshqa maxsus texnika vositalarining mavjud bo‘lishi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi: | ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish; b) ko‘priklar va tunnellarni qurish; v) ko‘priklar va tunnellarni ta’mirlash. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan) |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa),ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirishda, qurishda va ta’mirlashda qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi; v) temir yo‘l, shuningdek, birlashgan ko‘priklar va tunnellardan foydalanish va ularni ta’mirlash sohasida — asbob-uskunalar, anjomlar, inventar, mexanizatsiyalash vositalari, transport, nazorat-o‘lchov qurilmalari va signal anjomlari bilan jihozlanganligi to‘g‘risida qisqacha tavsif; g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish bo‘yicha: a) ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish; b) yuridik shaxs shtatida kamida 15 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, ushbu soha bo‘yicha oliy ma’lumotga va loyihalashtirishda 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori, 2 nafar texnolog, 2 nafar konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi, qolgan oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan 7 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi, shundan kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisi va loyiha bosh arxitektori tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishi;* Ko‘priklarvatunnellarniqurishvata’mirlashbo‘yicha: v) litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatini, foydalanishning ishonchliligini ta’minlash; g) yuridik shaxs shtatida ushbu soha bo‘yicha oliy ma’lumotga, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, kamida 7 nafar (bosh muhandis, texnik-ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, qurilishda ish yurituvchi (prorab), montajchi, betonchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi, quruvchi-ustalar) ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 3 nafari uchastka rahbari, ichki nazoratchisi, payvandchi, texnik ishlab chiqarish bo‘limi muhandisi kabi mutaxassislar asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida mavjud bo‘lishi, shundan muhandis va ichki nazoratchi tegishli sertifikatga ega bo‘lishi;* d) litsenziya talabgorida ko‘priklar va tunnellarni qurish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus qurilish-ta’mirlash texnikasi) mavjud bo‘lishi; Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi: | xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish; b) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish; v) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardan va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan) |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, loyihalashtirishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi; v) Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsifi; g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | Loyihalashtirish bo‘yicha: a) loyihalashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish; b) yuridik shaxs shtatida kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, ushbu soha bo‘yicha oliy ma’lumotga va loyihalashtirishda 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori, 1 nafar texnolog, 1 nafar konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi, qolgan 5 nafar mutaxassis oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi, shundan kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisi va loyiha bosh arxitektori tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishi;* qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha: v) shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish; g) kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, kamida 5 nafar (bosh muhandis, texnik-ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, qurilishda ish yurituvchi (prorab), montajchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi, ichki nazoratchisi kabi mutaxassislar ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 5 nafar mutaxassislar oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida mavjud bo‘lishi, shundan muhandis va ichki nazoratchi tegishli sertifikatga ega bo‘lishi;* d) muhandislik asbob-uskunalari va zarur bo‘lgan texnika vositalarining mavjud bo‘lishi.* Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi; Ekologiya, atrof-muhitnimuhofazaqilishvaiqlimo‘zgarishivazirligi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. Loyihalashtirish faoliyatini litsenziyalash uchun ariza berilganda, kelishiladigan organlardan xulosa olish uchun so‘rovnoma yuborilmaydi. |
1. | Litsenziya nomi: | arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; b) O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; v) aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; g) aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; d) qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish; e) uy-joy-xo‘jalik, fuqarolik maqsadiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va j) sanoatqurilishiuchunobyektlarvakomplekslarloyiha-smetahujjatlariniishlabchiqish, shujumladan, ularningmuhandisliktarmoqlarivatizimlariniloyihalashtirish; z) suv xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; i) qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; y) energetika qurilishi va aloqa obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; k) transport va yo‘l qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; l) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish; m) umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; n) arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish; o) “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” bo‘limini loyihalashtirish; p) “Metall obyektlar konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; r) “Temir-beton obyektlari konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; s) maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish; t) qurilish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish; u) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish; f) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; x) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish; s) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish ch) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan) |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning to‘liq nomi, STIR, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar (pasport raqami va seriyasi yoki ID-kartasi raqami, JSHSHIR), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari ma’lumotlari; v) litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qo‘shimcha ravishda o‘ntadan kam bo‘lmagan obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim; g) litsenziya talabgori IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziya olish uchun III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish bo‘yicha tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim. Litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | a) O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 50 baravari; b) O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 50 baravari; v) aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 40 baravari; g) aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 40 baravari; d) qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (bundan muhandislik-geodeziya qidiruvlari mustasno) bajarish — BHMning 50 baravari; e) uy-joy-xo‘jalik, fuqarolik maqsadiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 75 baravari; j) sanoatga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 75 baravari; z) suv xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 50 baravari; i) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 30 baravari; y) energetika qurilishi hamda aloqa obyektlari va komplekslarini ishlab chiqish, loyihalashtirishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari; k) transport va yo‘l qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 50 baravari; l) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish — BHMning 50 baravari; m) umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 50 baravari; n) arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 20 baravari; o) “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” bo‘limini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari; p) “Obyektlarning metall konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari; r) “Obyektlarning temir-beton konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari; s) maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish — BHMning 50 baravari; t) qurilish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 30 baravari; u) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish — BHMning 50 baravari; f) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 40 baravari; x) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish — BHMning 40 baravari; s) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish: isitish, ventilyatsiya, konditsionerlashtirish — BHMning 20 baravari; suv quvuri va kanalizatsiya — BHMning 20 baravari; gaz ta’minoti — BHMning 20 baravari; gaz asbob-uskunalari — BHMning 20 baravari; sovuq havo ta’minoti — BHMning 20 baravari; energiya ta’minoti — BHMning 20 baravari; elektr asbob-uskunalari — BHMning 20 baravari; elektr bilan yoritish — BHMning 20 baravari; elektr bilan isitish — BHMning 20 baravari; avtomatlashtirish va nazorat-o‘lchov uskunalari — BHMning 20 baravari; kuchsiz tokli qurilmalar — BHMning 20 baravari; vertikal rejalashtirish — BHMning 20 baravari; ch) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash — BHMning 50 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari shaxsiy hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar teng miqdorda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 7 kun ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) loyihalashtirishda qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga, shuningdek, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga majburiy rioya etish; b) yuridik shaxsning shtatida quyidagi mutaxassislarning mavjud bo‘lishi:* obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifadagi obyektlar uchun — kamida 5 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor va loyiha bosh muhandisi ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 3 nafari asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi; obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha II toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, 3 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan kamida 2 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 1 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 5 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi; obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha III toifadagi obyektlar uchun — kamida 15 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 7 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi; obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha IV toifadagi obyektlar uchun — kamida 20 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, 7 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 12 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi; kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisining tegishli sertifikatga ega bo‘lishi; v) III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun litsenziya talabgorining kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritganligi hamda o‘ntadan kam bo‘lmaganobyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxati, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan vafoydalanishga qabul qilingan obyektlarning mualliflik nazorati daftarlari mavjud bo‘lishi*; g) IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish bo‘yicha tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning mualliflik nazorati daftarlari mavjud bo‘lishi;* d) mazkur pasportning 2-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “z”, “y”, “k”, “m”, “l” va “s” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan faqatgina III va IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar shug‘ullanishla�i mumkin;* e) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentga 2-ilovada keltirilgan obyektlar bo‘yicha litsenziyada ruxsat berilgan murakkablik toifalariga muvofiq faoliyatni amalga oshirish;* yo) litsenziyada ruxsat berilgan kichik faoliyat turlari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish; j) ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida bo‘lgan yoki er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtiroki mavjud (manfaatlar to‘qnashuviga sabab) bo‘lgan ekspertiza tashkilotidan o‘tkazmaslik;* z) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida kamida 2 nafar konstruktor asosiy ish joyi bo‘yicha hamda belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan maxsus laboratoriyalar va asboblar mavjud bo‘lishi; i) qurilish obyekti uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida geologiya sohasi bo‘yicha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan kamida 2 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha va belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan burg‘ulash texnikasi va asbob-uskuna hamda tuproq kimyoviy laboratoriyasi mavjud bo‘lishi; y) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxsning shtatida kamida 4 nafar mutaxassis, shu jumladan, qurilish yoki loyihalash sohasida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida 2 nafar mutaxassis ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 2 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi; k) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ishlab chiqilayotgan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari sifatini nazorat qilish tizimining, shuningdek, belgilangan hollarda mualliflik nazorati hujjatlarining mavjud bo‘lishi shart. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Litsenziat obyektlarning murakkablik toifasini o‘zgartirish haqida ariza berganda, uning arizasi litsenziyani o‘zgartirish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Mazkur pasportning 2-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “u”, “x”, “ch” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega bo‘lgan litsenziatlar litsenziya obyektlarning murakkablik toifasini o‘zgartirishda, qo‘shimcha ravishda 10 tadan kam bo‘lmagan obyektni loyihalashtirish bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar bo‘yicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu pasportning 2-bandi “e”, “j”, “z”, “i”, “y”, “k” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega bo‘lgan litsenziyatlar mazkur bandning “o”, “p”, “r”, “t”, “f”, “s”, “x” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan ham shug‘ullanish vakolatiga egadirlar. Tashkilot tarkibida loyihalar bosh arxitektor va loyiha bosh muhandislarining mavjud bo‘lishi bajariladigan ishlarning xususiyati bilan belgilanadi. Qurilish obyekti uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish hamda mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turlari uchun litsenziya toifalari talab etilmaydi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish; b) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqarish; v) axborotning kriptografik himoya vositalarini realizatsiya qilish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari v) mutaxassislarning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan holda litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ishlarni bevosita amalga oshiradigan mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 30 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish; b) litsenziyalanadigan faoliyatning arizada ko‘rsatilgan turi bo‘yicha axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi texnik va metodik hujjatlarning, shu jumladan, ichki nizomlar, yo‘riqnomalar, metodikalarning mavjud bo‘lishi; v) axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari hisoblanadigan kriptografik algoritmlarni yoxud axborotni kriptografik himoyalash vositalari sohasidagi vakolatli organ tomonidan tavsiya qilinadigan standartlarni qo‘llash; g) axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning borishini, ularning texnik va texnik-iqtisodiy tavsifnomalarini, litsenziyaga muvofiq amalga oshirilgan tadbirlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar soni va sifatini aks ettiruvchi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish; d) davlat siriga tegishli deb topilgan ma’lumotlarni, himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni, amaliy faoliyati davomida ishonilgan tijorat sirlarini oshkor qilmaslik;* e) litsenziya talabgorining doimiy shtatida axborotni himoya qilish sohasida maxsus tayyorgarlikka va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan bir nafar mutaxassisning mavjud bo‘lishi, shuningdek, talab qilinadigan mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda, ayrim j) mutaxassislar uchun huquqlarni, funksional vazifalarni, maxfiylik rejimi bo‘yicha talablarni belgilovchi ichki qoidalarning mavjud bo‘lishi; z) ishlab chiqilayotgan va ishlab chiqarilayotgan axborotni kriptografik himoyalash vositalarida turli darajalardagi protokollarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, axborotni kriptografik himoyalash vositalari ma’lumotlarini, shuningdek, ular negizida qurilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini umumiy foydalaniladigan tarmoqqa va tizimga kiritish imkonini beruvchi texnik va texnologik yechimlar qo‘llanish; i) litsenziyalanayotgan faoliyatning arizada ko‘rsatilgan turi bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirish uchun binolar y) normativ hujjatlar talablariga muvofiq ish yuritishni k) normativ talablarga muvofiq bo‘lgan texnik o‘lchash |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | diniy ta’lim muassasalarining faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | diniy ta’lim muassasalarining faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining iltimosnomasi; v) O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha diniy ta’lim muassasasining pasporti; g) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar (xonalar)ga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar; d) mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosalari raqami va sanasi; e) o‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlari; j) o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy mablag‘lar (yoki ularning aniq manbai)ning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar; z) bitiruvchilari diniy fanlarni o‘qitishga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan diniy ta’lim muassasalari, shu jumladan, xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati; i) diniy fanlarni o‘qituvchi shaxslarning diniy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 30 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan talablarga javob beruvchi mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan unga tegishli bo‘lgan binolar (xonalar) mavjud bo‘lishi; b) diniy fanlarning O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan kelishilgan o‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq o‘qitilishi; v) voyaga yetmagan shaxslarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda o‘qitishga, ta’lim jarayonida urush, zo‘ravonlik, prozelitizm va har qanday missionerlik faoliyati targ‘ib qilinishiga, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlik buzilishiga, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;* g) diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarning diniy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘qitilishi; d) diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan kelishilgan muddatlarda davriy attestatsiyadan o‘tkazish; e) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan davlat ta’lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni o‘qitish; j) o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur moddiy mablag‘lar (yoki ularning aniq manbalari) mavjud bo‘lishi; z) O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi talabiga ko‘ra litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlar berish; i) o‘quv jarayonida chet elda nashr etilgan, belgilangan tartibda dinshunoslik ekspertizasidan o‘tgan diniy adabiyotlardan foydalanish.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) investitsiya vositachisining faoliyati; b) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari); v) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) miqdorini har bir litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘i ko‘rinishidagi hisob-kitobi. Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: g) depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziyasi shartnomasi nusxasi; d) depozitar operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturiy ta’minotning texnik tavsifi; e) depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati; j) dasturiy ta’minot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qo‘yiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron o‘zaro hamkorlikka tayyorligi to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining xulosasi. Agar “Fond bozori axborot-resurs markazi” davlat unitar korxonasi bilan litsenziya talabgorining Yagona dasturiy texnik kompleksidan foydalanish uchun imzolangan shartnoma nusxasi taqdim etilganda investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi talab qilinmaydi. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | mavjud emas |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilinishi; b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining yetarliligini va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini ta’minlash; v) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan dasturiy-texnik kompleksga qo‘yiladigan talablarning dasturiy ta’minoti va texnik vositalari muvofiqligi hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari bilan o‘zaro elektron aloqaga tayyorligi; g) qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodimning bo‘lishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodim (nazoratchi) bo‘lishi;* d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari bo‘lishi mumkin emas:* moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lmagan shaxslar; qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar; yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarda professional faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sug‘urta yoki auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lgan shaxslar; iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar; e) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi;* j) o‘zining dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda, mualliflik huquqini tasdiqlaydigan guvohnomaning mavjudligi; z) atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish (taqdim etish) yo‘li bilan vakolatli organ va investorlarni chalg‘itmaslik, qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlarga doir manipulyatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | neft, gazni (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish; b) neft, gaz hamda gaz kondensatini qayta ishlash; v) neft, gaz va gaz kondensatini realizatsiya qilish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan, shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxati; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat; g) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tegishli inspeksiyasining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; d) “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limlarining o‘rnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi; e) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; j) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong‘in xavfsizligi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish, shuningdek, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida sanitariya va shaharsozlik norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi; b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarning mavjud bo‘lishi; v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va amalda ularning sifat sertifikatiga muvofiqligi; g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, neft omboridan va yonilg‘i quyish qurilmalaridan, boshqa texnika vositalaridan shu jumladan, zamonaviy o‘lchov asboblarini Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash orqali foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;* d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan hollarda rejim organining mavjudligi; e) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazaning (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizm va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud bo‘lishi; j) qazib chiqarilgan, qayta ishlangan va sotilgan neft, gaz hamda gaz kondensati hajmining alohida birlamchi hisobini yuritish; z) siqilgan tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazda ishlashga moslashtirilganligi to‘g‘risida tegishli ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan va navbatdagi texnik sinovdan o‘tmagan avtotransport vositalariga gaz to‘ldirmaslik;* i) avtomobil gaz ballonlarini siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirishda maksimal bomimni 20 MPA dan oshirmaslik;* y) iste’molchilarga neft, gaz hamda gaz kondensatini (shu jumladan, suyultirilgan uglevodorod va siqilgan tabiiy) to‘g‘ri sotishni, mahsulotga sifat sertifikatning mavjud bo‘lishi hamda uning sifat sertifikatiga amalda muvofiq bo‘lishini ta’minlash; k) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish (shu jumladan, oxirgi iste’molchigacha sotish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik — shaxs-litsenziatlar tomonidan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga litsenziat tomonidan ruxsatsiz aralashish.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; “O‘zneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘linmalari. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | 5 yil |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Litsenziya nomi: | magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya | |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish; b) neft quvurlarini loyihalashtirish; v) neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish; g) magistral gaz quvurlarini qurish; d) neft quvurlarini qurish; e) neft mahsulotlari quvurlarini qurish; j) magistral gaz quvurlaridan foydalanish; z) neft quvurlaridan foydalanish; i) neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish; y) magistral gaz quvurlarini ta’mirlash; k) neft quvurlarini ta’mirlash; l) neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlash. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) texnik jihatdan jihozlanganligi va litsenziyalanadigan ishlarni bajarish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, nazorat va o‘lchov vositalariga egalik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat; g) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tegishli inspeksiyasi litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno); d) “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limlarining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno); e) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno); j) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazaning yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular bo‘yicha tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi; z) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yuridik shaxsning moddiy-texnik bazasining, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi hamda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan beshtadan kam bo‘lmagan, soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarning (loyihalashtirishda — konstruktor, loyiha bosh muhandisi, texnologlar, qurish, ta’mirlash, foydalanishda — bosh mexanik, bosh muhandis, geodezchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi, bosh energetik) ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi bo‘yicha mavjud bo‘lishi; litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni ta’mirlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong‘in xavfsizligi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish; b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha oliy ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan beshtadan kam bo‘lmagan (loyihalashtirishda — konstruktor, loyiha bosh muhandisi, texnologlar, qurish, ta’mirlash, foydalanishda — bosh mexanik, bosh muhandis, geodezchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi, bosh energetik) bo‘lim rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bo‘lishi;* v) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari, texnologiya asbob-uskunalari, transport, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar, normativ-texnik hujjatlardan) va boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi; g) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi; d) litsenziya egasida egalik qilish huquqini beruvchi yoki boshqa huquq asosida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik jihozlar mavjudligi; e) o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganligi va o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligi hamda tekshiruvdan o‘tkazilganligi; z) payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi; “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘linmalari; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | tibbiy faoliyat uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari bo‘yicha |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziyani olish tartibi (umumiy yoki tezlashtirilgan tartib), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida. Arizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — litsenziya beruvchi organ hisobvarag‘iga; 22,5 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga; qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari: | umumiy tartibda — 20 kun tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) xodimlarning quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi: statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda — kamida birinchi malakaviy toifa;* bosh vrachda — oliy tibbiy ma’lumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot va malakaviy toifa; xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi; tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa; mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat; xorijiy ta’lim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi (agar nostrifikatsiya qilish talab etilsa); xorijiy ta’lim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi hujjat; tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya bo‘limi mavjud bo‘lsa); b) quyidagi talablarga javob beruvchi moddiy-texnik bazaning mavjud bo‘lishi: mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga mos bo‘lgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar (tibbiy faoliyat yo‘nalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va ko‘rikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi); mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, tegishli metrologik me’yorlar va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika, (tibbiy faoliyat yo‘nalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va ko‘rikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi);terapevtik yo‘nalish va diagnostika ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya bo‘limi;* tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tug‘ruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish; xirurgiya yo‘nalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya bo‘yicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya bo‘limi;* v) tibbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish: litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar bo‘yicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish; belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik sog‘lig‘i va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti filiallariga statistika ma’lumotlarini taqdim etish; sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga rioya qilish; litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan o‘tgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish; litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish; tibbiy faoliyatni qat’iyan litsenziyada ko‘rsatilgan doirada amalga oshirish;* tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda FHDY organlari bilan tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | 5 yil |
12. | Izoh. | * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) dori vositalarini ishlab chiqarish; b) dori vositalarini tayyorlash; v) dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxslar |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi, murojaat maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaga o‘zgartirish kiritish), faoliyatni amalga oshirish muddati, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib; b) litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib talabgorning shtatida mazkur Pasport 9-bandining “e” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan xodimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “i” kichik bandiga muvofiq bino va xonalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; g) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “y” kichik bandiga muvofiq tegishli moddiy-texnika baza, shu jumladan, asbob-uskunalar, texnik vositalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | umumiy tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida; tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida. |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 33,75 foizi — litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga; qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi. |
8. | Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari: | umumiy tartibda — 15 ish kuni; tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni. |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish; b) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lish va majburiy rioya qilish; v) farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanish va ma’lumotlarni ular muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab kiritish hamda litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay o‘tgan oy uchun ishlab chiqarilgan dori vositalari nomi, shakli, xalqaro patentlanmagan nomi, TIFTN kodi, joriy yil uchun ishlab chiqarish istiqbolli ko‘rsatgichlari va oylik ishlab chiqarilgan miqdori va narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish; g) ekologiya va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish; d) faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilgan doirada va faoliyatni amalga oshirish manzilida (manzillarda) amalga oshirish;* e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda, shtatida farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatga va ish tajribasiga ega bo‘lgan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudirining mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; j) dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullangan taqdirda shtatida tegishli ixtisoslikka ega bo‘lgan, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatga va ish tajribasiga ega bo‘lgan, dori vositalarini ishlab chiqarish va sifat nazoratiga mas’ul bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; z) dori vositalarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullangan taqdirda, yuridik shaxs shtatida oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatga va ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisning mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; i) litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga mulk huquqi bilan yoki boshqa ashyoviy asosida tegishli bo‘lgan va tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq xonalarning mavjudligi;* y) litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan, shuningdek, ulardan foydalanishga qo‘yilgan talablarga muvofiq foydalanish; k) dori vositalarini tayyorlash uchun vakolatli nazorat-tahlil laboratoriyasi bilan majburiy shartnoma tuzish;* l) quyidagi qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik: dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;* ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;* dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish.* |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va “Zarur amaliyotlar markazi” DM. Bunda ushbu vakolatli organlar ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida, tezlashtirilgan tartibda taqdim etilgan arizalar bo‘yicha 3 ish kuni ichida tegishli kelishuvni litsenziyalovchi organga taqdim etishlari lozim. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | 5 yil |
12. | Izoh. | Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish huquqini beradi, dori vositalarini tayyorlash uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi. Dori vositalari ishlab chiqarishga litsenziya berilganda litsenziyada ishlab chiqariladigan dori vositasining turlari ko‘rsatiladi. Ishlab chiqariladigan dori vositalari turlari o‘zgargan yoki dori vositalarini yangi turlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan taqdirda, litsenziyaga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritiladi. Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilishga litsenziya berishda dori vositalarining quyidagi turlari ko‘rsatiladi: termolabil sharoitda saqlanishi shart bo‘lmagan dori preparatlari; dori preparatlari; dori moddalari. Ulgurji realizatsiya qilinadigan dori vositalari turlari o‘zgargan yoki boshqa turlarini ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda, litsenziyaga belgilangan tartibda o‘zgar?irish kiritiladi. Dori vositalarini tayyorlash uchun litsenziya berishda nosteril dori vositalari tayyorlash va/yoki steril dori vositalarini tayyorlash turlari ko‘rsatiladi. Ishlab chiqariladigan dori vositalari turlarining ro‘yxati: 1. Quyidagi usullar orqali ishlab chiqariladigan dori moddalari: kimyoviy sintez; biotexnologik sintez; kimyoviy xom ashyodan ajratib olish; hayvonot va biologik asosga ega bo‘lgan manbalardan ajratib olish; dorivor o‘simlik xom ashyosidan ajratib olish. 2. Quyidagi guruhlardagi steril dori preparatlari: tibbiy immunobiologik preparatlar — allergenlar, allergoidlar, anatoksinlar, vaksinalar, gammaglabulinlar, immunoglobulinlar, immunomodulyatorlar, monoklon antitelalar, zardoblar, toksinlar, sitokinlar; genetik injeneriya yo‘li bilan olinadigan qon preparatlari, odam qonidan olinadigan qon preparatlari; kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni saqlovchi preparatlar; o‘ta zaharli moddalarni saqlovchi preparatlar — beta — laktam qatori antibiotiklari, gormonlar, sitostatiklar; hayvonot xom ashyosidan olinadigan preparatlar — insulinlar, organopreparatlar; radiofarmatsevtik preparatlar; dorivor o‘simlik asosiga ega bo‘lgan xom ashyodan olinadigan preparatlar; aniq dori shaklini ko‘rsatgan holda alohida ishlab chiqarishda maxsus ajratishni talab qilmaydigan preparatlar (aerozol, gel, gubka, tomchilar, suyuq konsentrat, krem, liniment, liofillangan mahsulotlar, surtma, pasta, plenka, kukun, erituvchi, dializ uchun eritma, inyeksiya uchun eritma, infuziya uchun eritma, sirtga qo‘llash uchun eritma, suspenziya, emulsiya). 3. Quyidagi guruhlardagi nosteril dori preparatlari: tibbiy immunobiologiya preparatlari — bakteriofaglar, immunoglobulin kompleks preparatlar, probiotiklar; kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni saqlovchi preparatlar; o‘ta zaharli moddalarni saqlovchi preparatlar — beta — laktam qatori antibiotiklari, gormonlar, sitostatiklar; biologik dori preparatlari; gomeopatik preparatlar; dorivor o‘simlik asosiga ega bo‘lgan xom ashyodan olinadigan preparatlar; aniq dori shaklini ko‘rsatgan xolda alohida ishlab chiqarishda maxsus ajratishni talab qilmaydigan preparatlar (aerozol, balzam, briket, gorchichniklar, granulalar, gel, draje, suyuqlik, tomchilar, kapsulalar, yumshoq kapsulalar, dorivor qalamlar yelim, krem, tirnoq uchun lok, liniment, surtma, moy, nastoyka, damlama, pastilkalar, chaynaladigan pastilkalar, pasta, pelletlar, pilyulyalar, plastirlar, kukun, eritma, saqich, sirop, sharbat, sprey, suppozitoriyalar, suspenziya, maydalangan o‘simlik xom ashyosi, butun o‘simlik xom ashyosi, shimish uchun tabletkalar, konsentratlar, qobiq bilan qoplanmagan va qoplangan tabletkalar, vishillovchi tabletkalar, transdermal terapevtik sistema, terapevtik bachadon ichi sistemasi, terapevtik vaginal sistema, shampunlar, quruq ekstraktlar, suyuq ekstraktlar, eliksirlar, emulsiyalar). 4. Dori shaklini ko‘rsatgan holda (tibbiy suyuq gaz, tibbiy siqilgan gaz) tibbiy gazlar. Qayd etilgan dori vositalarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonning faqat qadoqlash (birlamchi va (yoki) ikkilamchi) bosqichi amalga oshirilishi ko‘rsatilishi mumkin. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | a) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish; b) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish; v) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish; g) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash; d) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish. |
3. | Ariza beruvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza; b) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag‘i; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan tegishli malakali texnik xodimlarning ichki ishlar hududiy organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan ro‘yxati; g) litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash joylarining (portlovchi materiallar omborining tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma, ombor ijaraga olinganligi haqida shartnoma va boshqalar), ularni tashish uchun texnik vositalar, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar; d) xodimning litsenziyalanadigan faoliyat bilan bog‘liq halokatli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | 1. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish bo‘yicha: a) portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish bo‘yicha: litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish v?sitalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;* litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;* shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda texnik reglamentlarda yoki standartlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yong‘in-texnik tekshirishlarini o‘tkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi; portlovchi moddalar va vositalarining nazorat sinovlarini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi; normativ-texnik talablarga muvofiq bo‘lgan va portlatish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va iste’mol xossalarini ta’minlash uchun axborotning to‘liq berilishini ta’minlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yo‘riqnomalar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar)ni yuritish; b) zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish bo‘yicha: litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi; zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish; litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi; shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi. 2. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha: a) Portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha: litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;* litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;* shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi; litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etilish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazilishi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda belgilagan tartibda tayyor mahsulotning metrologik ta’minoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish; ishlab chiqariladigan portlovchi moddalarning har bir turi bo‘yicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yo‘riqnomalar, texnik shartlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi; buyumlarni ishlab chiqarishda, shu jumladan, import bo‘yicha olib kelingan, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan portlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan xomashyo va komponentlardan foydalanish; foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash; rahbarning ishlab chiqarish bo‘yicha bosh muhandisi mavjudligi; b) zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha: litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish; litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi; shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi. 3. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish bo‘yicha: a) portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish bo‘yicha: litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;* litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;* shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi; tashish yo‘nalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yo‘l harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini ta’minlash; yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;* avtotransport vositalarining yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini ta’minlash; b) zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish bo‘yicha: litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi; zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish; litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi; shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi. 4. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash bo‘yicha: a) portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash bo‘yicha: litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;* litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;* shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi; bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash (uzluksiz va tunu kunlik qo‘riqlash ishlari amalga oshirilgan taqdirda, yer osti omborlarining qo‘riqlanishi portlovchi materiallar tarqatuvchisiga yuklatilishi mumkin); portlovchi moddalar va portlatish vositalar komissiya tomonidan qabul qilingan va pasporti ishlab chiqilgan portlovchi materiallar omborida saqlanishi; portlovchi materiallarni saqlash ombori hisobga olinishi va identifikatsiya qilinishini ta’minlash; xavfli ishlab chiqarish obyektlarining I-tipiga mansub portlovchi materiallarni saqlash omborining deklaratsiyasi ishlab chiqilishini ta’minlash; portlovchi materiallarni saqlash ombori loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlash; texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri ishlab chiqilishini ta’minlash; b) zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash bo‘yicha: litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi; zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish; litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi; shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi. 5. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha: a) portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha: litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;* portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha portlovchi moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish*; litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;* shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; portlovchi moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi; portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini faqatgina tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslarga realizatsiya qilinishi; muddati o‘tib ketgan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini realizatsiyasi amalga oshirilmasligi; b) zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha: litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi; zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qo‘riqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini ta’minlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar ko‘rish; faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi bo‘yicha zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish; litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, o‘lchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi; shtatda tegishli malakaga ega bo‘lgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi; surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qo‘llash bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning yo‘qligi; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi; zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; Ichki ishlar vazirligi; Sog‘liqni saqlash vazirligi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
12. | Izoh: | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyalash faoliyati quyidagi portlovchi moddalar, portlatish vositalari va zaharli moddalarga tatbiq etiladi: a) portlovchi moddalar: ammiakli selitralar asosida (ammoni?lar, ammonallar, akvatollar, grammonitlar, granulitlar, detonitlar, dinamonlar, karbatollar, poremitlar va boshqalar); nitrobirikmalar va ularning aralashmalari (trotil, dinitronaftalin, nitroglitserin, nitroglekol, TEN — pentaeritittetranitrat, geksogen, oktogen, tetril va boshqalar); tutunli va tutunsiz poroxlar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; issiqqa chidamli portlovchi moddalar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; b) portlatish vositalari: o‘t o‘tkazuvchi pilta, poroxlarni yoqishning maxsus vositalari; piston — portlatgichlar, pistonsiz portlatishda tezlashtiradigan vositalar, elektrportlatgichlar, shuningdek, elektr alangalatuvchilar va quduqlarda o‘q otib portlatish ishlari uchun issiqqa chidamli portlovchi patronlar; tez portlovchi piltalar, tez portlovchi tasmalar, pirotexnik rele; oraliq portlatgichlar va shashka-portlatgichlar; v) zaharli moddalar: akrilonitril (ventoks); metil spirti; mishyakli angidrid; mishyaksimon angidrid; dixlorid simoblar (sulema) va boshqa simob tuzlari; nikel tetrakarbonili; sariq fosfor; sianidli vodorod va uning tuzlari (natriy sianid, kaliy sianid, kadmiy sianid, kumush sianid, simob sianid va oksitsianid, qo‘rg‘oshin sianid, mis sianid, rux sianid, kalsiy sianid); sian qotishma; “siklon”; etilmerkurxlorid. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qilish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi. Portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi:o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; maxsus o‘qitilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq malaka talablariga javob bermaydigan shaxslar; doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar; ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslar; qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar; jinoiy jazoni o‘tayotgan shaxslar; bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar; ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan shaxslar. Mazkur faoliyatni litsenziyalash doirasida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan tashkil topgan ekspert guruh tashkil etiladi. Litsenziyalovchi organ talabgordan taqdim etilgan hujjatlarni ekspert guruhga yuborishi mumkin. Ekspert guruh o‘z vakolatlari doirasida hujjatlarni ko‘rib chiqib va litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki bermaslik yuzasidan ekspert xulosasini litsenziyalovchi organga taqdim etadi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | a) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish; b) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish; v) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini barpo etish; g) ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish; d) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari; e) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari; yo) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish; j) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlab chiqarish; z) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hosil qilish; i) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qayta ishlash; y) ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish; k) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash; l) ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish; m) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini tashish; n) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish; o) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini utilizatsiya qilish; p) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko‘mish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
5. | Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar: | Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdori 4 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdori 10 baravari |
8. | Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati: | 15 kun |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | 1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasi bo‘yicha: a) litsenziatlar tomonidan radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;* b) litsenziya talabgorida unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, tegishli belgilangan talablarga javob beruvchi faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun mo‘ljallangan binolar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqalar) mavjudligi; v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun zarur moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar mavjudligi; g) radiatsiyaviy xavfsizlik xizmati mavjudligi; d) ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari chiqarilishi, tashlanishi va ular ko‘milgan joylarda radiatsiyaviy holat yuzasidan ishlab ch?qarish nazorati amalga oshirilishi; e) qo‘llanilmaydigan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari ko‘mib tashlanishini ta’minlash; yo) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari hisoblangan mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlari olib borilishi; j) radiatsiyaviy avariya yuz berganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;* z) litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarda tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot mavjudligi; i) ishlab chiqarish rahbarlari, ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish; y) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi;* k) xodimlar nurlanishining yakka tartibdagi dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;* l) xodimlarni ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari va ular tomonidan olingan yakka tartibdagi nurlanish dozasi miqdori to‘g‘risida muntazam xabardor qilish;* m) yuridik shaxs shtatida faoliyatning litsenziyalanadigan turi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch mutaxassisning mavjudligi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Ichki ishlar vazirligi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Sog‘liqni saqlash vazirligi; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
12. | Izoh: | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya berish tartibi ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
1. | Litsenziya nomi: | Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar*, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish; b) oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi; b) faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili; v) kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash; g) litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | mavjud emas |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 20 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi; b) xizmatlar ko‘rsatish shartlari, tariflar va axborot ma’lumotlarini rasmiy veb-saytlarida joylashtirish; v) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun kosmik sohani rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | mavjud emas |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan |
12. | Izoh. | Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi. * texnologik ishlanmalar sun’iy yo‘ldosh apparatlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. |
Litsenziya nomi | Mas’ul ijrochilar va muddat* | Vazirlar Mahkamasida mas’ul va muddat** | |
1. | Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya | Transport vazirligi 2022-yil 20-mart | Sh. Abidov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 1-aprel |
2. | Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya | ||
3. | Bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziya | Davlat bojxona qo‘mitasi 2022-yil 22-mart | D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 5-aprel |
4. | Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish uchun litsenziya | ||
5. | Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati uchun litsenziya | ||
6. | Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati uchun litsenziya | Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2022-yil 22-mart | |
7. | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya | Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yil 24-mart | M. Vaxabov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 11-aprel |
8. | Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya | Sport vazirligi 2022-yil 26-mart | M. Vaxabov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 15-aprel |
9. | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi 2022-yil 2-aprel | A. Jumanazarov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 26-aprel |
10. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | ||
11. | Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2022-yil 4-aprel | Sh. Rajabbayev, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 29-aprel |
12. | Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 2022-yil 4-aprel | |
13. | Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi 2022-yil 6-aprel | X. Berdibayev, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 2022-yil 30-aprel |
14. | Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya | ||
15. | Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Ichki ishlar vazirligi 2022-yil 6-aprel | |
16. | Advokatlik faoliyati uchun litsenziya | Adliya vazirligi 2022-yil 6-aprel | D. Kalandarov, D. Xolmurodov 2022-yil 30-aprel |
17. | Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya |