mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlarga Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sug‘urta haqi to‘langan) shartida (bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) dori vositalarini yetkazib berish narxlari;
Agarda mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan narxlarni taqdim etish imkoni bo‘lmasa, ariza beruvchi tomonidan taqdim etish imkoni yo‘qligining aniq sabablari ko‘rsatib o‘tiladi va qayd etilishi lozim bo‘lgan cheklangan narxlar taklifi kiritiladi.