[
OKOZ:
1.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli
qaroriga
asosan 2024-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
eng ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini qayta ko‘rib chiqish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin, bunda uch oy muddatda tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlari tasdiqlanishini, shuningdek, zarur hollarda amaldagi tashxis qo‘yish, davolash hamda klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutsin;
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan axborot tizimlari orqali o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlasin hamda ularga rioya etilishini qat’iy nazorat qilsin;
bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal ro‘yxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari ro‘yxatini tasdiqlasin, unga zarurat tug‘ilganda belgilangan tartibda har yili o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin;
yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal ro‘yxat bo‘yicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasiga qo‘shimchalar kiritsin;
shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini nazarda tutsin;
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etsin hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli materiallarni, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish bo‘yicha materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish;
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalaga chiqarishga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni kuchaytirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 87-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(8 va 9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi “
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida
”gi 19- va 2000-yil 5-avgustdagi “
Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
”gi 307-sonli qarorlari 2017-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va Bosh vazir o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-oktabr,
PQ-2647-son
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 583-modda, 2016-y., 52-son, 599-modda; 2017-y., 7-son, 87-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)