Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish ushbu modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
I ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Qonunning
21,
211,
27 — 29-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
II va
III ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishiga shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tibbiy maqsadlarda, shuningdek ushbu Qonunning
26—29-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi.
II ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
III ro‘yxatga kiritilgan psixotrop moddalarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda, yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olishlari mumkin va olingan yoki buyurtma berilgan prekursor miqdori ushbu ehtiyojlardan oshib ketgan har bir holat to‘g‘risida maxsus vakolatli organni xabardor qilishlari shart.
IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarning muomalada bo‘lishini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
II,
III va
IV ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida o‘tayotgan bemor II va
III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib o‘tishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qo‘shimcha ravishda olishga muhtoj bo‘lgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish O‘zbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
II,
III va
IV ro‘yxatlarga kiritilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga tibbiy maqsadlarda berish bunday faoliyat turi uchun litsenziyalari bo‘lgan dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
II va
III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mo‘ljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi.