Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish | |||
1-bosqich | Ariza | Akkreditatsiya olish uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi. Akkreditatsiya markaziga bevosita, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani taqdim etadi. | Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra | |||
2-bosqich | Akkreditatsiya markazi | 1. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liqligi yuzasidan buyurtmanomani o‘rganadi: a) ijobiy natija bo‘lganda akkreditatsiya bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tayyorlanadi; b) hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda — hujjatlarni qaytaradi. |
| |||
2. Markaz xizmatlariga haq to‘langandan keyin taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi. | 2. 15 ish kuni mobaynida
| |||||
3. Ekspertiza natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning o‘zida baholash o‘tkazishdan avval markaz bu haqda akkreditatsiya obyektini ularni bartaraf etish uchun xabardor qiladi. 4. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tugallangandan keyin baholovchi guruhni tuzadi. 5. Joyning o‘zida baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmagan taqdirda, Markaz baholash ishini to‘xtatib turadi. | ||||||
Baholash | 6. Joyning o‘zida baholaydi va natijalar bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtiradi. | 10 ish kuni mobaynida | ||||
7. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda u akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish uchun Markazga beriladi. | 3 ish kuni mobaynida | |||||
3-bosqich* | Akkreditatsiya obyekti | 1. Baholash guruhi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtirishda akkreditatsiya obyektining belgilangan talablarga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa berilsa, nomuvofiqlikni bartaraf etish va uni bajarish to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. | 1. Ikki oy mobaynida (akkreditatsiya obyektining xohishiga ko‘ra) | |||
Akkreditatsiya markazi | 2. Harakatlar rejasi bajarilganligi to‘g‘risidagi axborot va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlar olingan paytdan boshlab baholash guruhiga akkreditatsiya obyekti tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi holatini o‘rganish uchun vakolat beradi. | 2. 5 ish kuni mobaynida | ||||
Baholash guruhi | 3. Amalga oshirilgan harakatlarning natijalarini o‘rganishni ta’minlaydi. | 3. 5 ish kuni mobaynida | ||||
4. O‘rganish natijalari bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish uchun Markazga taqdim etadi. | 4. 3 ish kuni mobaynida | |||||
4-bosqich | Akkreditatsiya markazi | 1. Akkreditatsiya komissiyasining majlisida baholash natijalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. | 1. 5 ish kuni mobaynida | |||
2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Markaz bilan akkreditatsiya obyekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi va akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi. | 2-3. 3 ish kuni mobaynida | |||||
3. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda akkreditatsiya obyektiga akkreditatsiya qilish rad etilganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma yuboriladi. |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Akkreditatsiya markazi | Inspeksiya nazoratini o‘tkazishning reja-jadvali asosida: baholash guruhi tarkibini va inspeksiya nazoratini o‘tkazish muddatlarini ko‘rsatgan holda buyruq tuzadi; inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasini tasdiqlaydi. | Reja-jadvalga muvofiq | |||
2-bosqich | Baholash guruhi | 1. Joyning o‘zida baholaydi va natijalar bo‘yicha baholash to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtiradi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
2. Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida ko‘rib chiqish uchun Markazga beradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||||
3-bosqich | Akkreditatsiya markazi | 1. Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. | 5 ish kuni mobaynida | |||
2. Akkreditatsiya komissiyasining qarori akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi. | 1 ish kuni mobaynida |
Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ullar | |
I. Muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
1. | Qonun hujjatlariga ISO/IEC 17000 seriyasi xalqaro standarti va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (keyingi o‘rinlarda ILAC deb ataladi) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumi (keyingi o‘rinlarda IAF deb ataladi) talablariga muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” (keyingi o‘rinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) muvofiqlikni baholash organlarning akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini berish yuzasidan o‘zgartirishlar kiritish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2019-yil 1-iyulgacha | “O‘zstandart” agentligi |
2. | ILAC va IAF tomonidan qabul qilingan standartlar bilan bir xil bo‘lgan akkreditatsiya sohasidagi asos bo‘luvchi xalqaro standartlarni amalga kiritish. | Idoraviy hujjatlar | 2019-yil 1-iyulgacha | “O‘zst�ndart” agentligi |
II. Akkreditatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish | ||||
3. | ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablari va tavsiyalariga muvofiq Akkreditatsiya markazida sifat menejment tizimini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash. | Tartibot hujjatlari, yo‘riqnomalar va nizomlar | 2019-yil | Akkreditatsiya |
4. | Akkreditatsiya markazi mutaxassislari, akkreditatsiya qilingan obyektlar, professional institutlar, tartibga soluvchi organlar, mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat bo‘lgan laboratoriyalar va sertifikatlash orga�larning akkreditatsiyasi bo‘yicha texnik qo‘mitalar tashkil etish. | Idora hujjatlari | 2019-yil | Akkreditatsiya |
5. | Akkreditatsiya markazini xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirishga tayyorlash uchun xorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb etish. | Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma | 2019-2020 | “O‘zstandart” |
6. | Akkreditatsiya markazini xorijiy tillarni egallagan va xalqaro maydonda respublikaning manfaatlarini ilgari surish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali va yosh mutaxassislar bilan ta’minlash. | Mehnat bitimi | 2019-yil | Akkreditatsiya |
III. Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari | ||||
7. | ILAC, IAF va akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (keyingi o‘rinlarda ARAS deb ataladi) talablariga muvofiq tartibot va majburiy hujjatlarni ishlab chiqish. | Idora hujjati | 2019-yil 1 iyungacha | Akkreditatsiya |
8. | Akkreditatsiya markazi faoliyatini ISO/IEC 17011 talablariga mosligini malakali xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda dastlabki tarzda baholash. | Xorijlik ekspertlar hisoboti | 2019-yil 1-sentabrgacha | Akkreditatsiya markazi |
9. | Xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari bilan muvofiqlikni baholash organlarining qo‘shma sayyor baholashlarini o‘tkazish. | Baholash to‘g‘risida hisobot | 2019-yil 1-sentabrgacha (jadval bo‘yicha) | Akkreditatsiya |
10. | Akkreditatsiya milliy tizimining baholash natijalarini olish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish. | Xorijlik ekspertlar hisoboti | 2019-yil 1-noyabrgacha | Akkreditatsiya |
11. | Akkreditatsiya markazi xodimlarini xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga o‘qitish. | O‘qitish to‘g‘risida sertifikat | 2019-yil aprel — dekabr | Akkreditatsiya |
12. | APAC, ILAC va IAF tadbirlarida Akkreditatsiya markazi vakillari ishtiroki hamda mazkur tashkilotlar ekspertlari tomonidan baholashni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish. | APAC, ILAC va IAF tadbirlarida ishtirok etish to‘g‘risida hisobot | 2019-2020-yillar | Akkreditatsiya |
IV. Muvofiqlikni baholash milliy organlari faoliyati darajasini oshirish | ||||
13. | Muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari (oxirgi tahririda) talablariga muvofiq baholash. | Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma | Jadvalga muvofiq 2020-yil 1-fevralgacha | Akkreditatsiya markazi |
14. | Laboratoriyalararo taqqoslash yo‘li bilan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar malakasini tekshirishga doir faoliyatni yanada rivojlantirish. | Tadbirlar majmuasi | 2019-yil | “O‘zstandart” agentligi |
15. | Xalqaro standartlarga (ISO, IEC, EN, Codex Alimentarius) mos keladigan sinashning (o‘lchashning) zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish. | Idora hujjatlari | 2019-2020 | “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, muvofiqlikni baholash organlari |
16. | Muvofiqlikni baholash organlari sinov bazasini modernizatsiyalash va takomillashtirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | ||
17. | Muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish. | Reja-jadval, O‘qitish to‘g‘risida sertifikat | 2019-2020 | “O‘zstandart” agentligi, Akkreditatsiya markazi |
V. Xalqaro ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga a’zo bo‘lish | ||||
18. | APAC ning to‘la huquqli a’zosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish. | ARASga buyurtmanomani yo‘llash | 2019-yil 1-dekabrgacha | Akkreditatsiya |
19. | APAC ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish. | ARAS ekspertlarining baholash to‘g‘risida hisoboti | 2020-yil mart — iyul | Akkreditatsiya |
20. | APAC ning to‘la huquqli a’zosi maqomini olish. | APAC qarori | ARAS Assambleyasi yakuni bo‘yicha | Akkreditatsiya |
21. | Akkreditatsiya markazining APAC-MRA ko‘p tomonlama bitimiga qo‘shilishi bo‘yicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish. | APAC-MRA bitimi | 2020-yil noyabr | Akkreditatsiya |
22. | ILAC va IAF ga to‘la huquqli a’zosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish. | ILAC va IAF ga buyurtmanomani yo‘llash | APAC-MRA imzolangandan keyin 2 hafta muddatda | Akkreditatsiya |
23. | ILAC va IAF ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish. | ILAC va IAF ekspertlarini baholash to‘g‘risida hisobot | ILAC va IAF bilan kelishilgan xolda 3 oy mobaynida | Akkreditatsiya |
24. | ILAC va IAF to‘la huquqli a’zosi maqomini olish | ILAC va IAF to‘la huquqli a’zosi maqomini olish to‘g‘risidagi qarori | ILAC va IAF Assambleyasi yakunlari bo‘yicha | Akkreditatsiya |
25. | Akkreditatsiya markazining ILAC-MRA va IAF-MLA ko‘p tomonlama o‘zaro tan olish bitimiga qo‘shilishi bo‘yicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish. | ILAC-MRA va IAF-MLA bilan bitim imzolash | to‘la huquqli a’zosi maqomini olgandan keyin bir oy mobaynida | Akkreditatsiya |
26. | ILAC, IAF va APACning tegishli texnik qo‘mitalari va boshqa bo‘linmalari bilan ish yuzasidan hamkorlikni ta’minlash. | ILAC, IAF va APAC ga safarlar uyushtirish | doimiy asosda | Akkreditatsiya |