T/r | Mahsulotning nomi | TIF TN kodi | Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana* |
1. | Sigaretlar | 2402 20 900 0 | 2021-yil 1-yanvar |
1.1 | Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar. | 2402 10 000 0 2402 20 100 0 2402 90 000 0 2403 11 000 0 2403 19 100 0 2403 19 900 0 2403 91 000 0 2403 99 100 0 2403 99 900 2 2403 99 900 8 2404 11 000 1 2404 11 000 9 2404 12 000 0 2404 19 000 1 2404 19 000 9 2404 91 000 2 2404 91 000 9 | 2022-yil 1-oktabr |
2. | Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari) | 2204, 2205, 2206, 2207, 2208 | 2021-yil 1-yanvar |
3. | Pivo mahsulotlari | 2203 | 2021-yil 1-aprel |
4. | Maishiy texnika | 7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540, 9405 | 2022-yil 15-aprel |
5. | Dori vositalari va tibbiy buyumlar | 3003, 3004 | 2022-yil 1-sentabr |
6. | Suv va salqin ichimliklar | 2009, 2201, 2202 | 2024-yil 1-mart |
Chora-tadbirning nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Mas’ul ijrochilar | |
1. | Ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida jo‘natilishini nazorat qilish maqsadida iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash. | 1. Iste’mol va texnik etil spirtini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini, shu jumladan ruxsatsiz quyishning oldini olish maqsadida raqamlangan noyob himoyalash tamg‘alarini joylashtirish yuzasidan texnik reglamentga o‘zgartirishlar kiritish. 2. Uskunalarga, tashish qoidalariga, masofadan boshqarishga va videokuzatuvga, mas’ul idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalash va boshqa talablarni ko‘rsatgan holda iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibini ishlab chiqish. 3. Avtomatlashtirilgan o‘lchash moslamalarini, texnik reglamentlarda hamda iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibida ko‘rsatilgan boshqa maxsus moslamalarni o‘rnatish. 4. Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar axborot bazasi bilan integratsiyalash. | 2021-yil
| Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) (R. Boboyev), |
2. | Iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan o‘lchash moslamalarini majburiy ravishda o‘rnatish nuqtai nazaridan litsenziyalash talablarini kuchaytirish. | 1. Hisobga olish moslamalari o‘rnatilishini belgilaydigan talablarni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Hisobga olish moslamalariga talablarni belgilashni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishish. 3. Iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda litsenziya shartnomalari yangilanishini ta’minlash. | 2021-yil
| Agentlik (R. Boboyev), |
3. | Tayyor alkogol mahsulotlarini majburiy agregatsiyalash tizimini joriy etish. | 1. Tayyor alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash yuzasidan ixtisoslashtirilgan aplikatorlarga texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ixtisoslashtirilgan aplikatorlarni o‘rnatish. 3. Alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash jarayonini yo‘lga qo‘yish. | 2021-yil
| Agentlik (R. Boboyev), |
4. | Chakana va ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishining ishonchliligini tekshirish yuzasidan talablarni belgilash. | Chakana va ulgurji savdo qoidalariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil | Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), |
5. | Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash va ishlab chiqarish liniyalarini hisobga olish moslamalari hamda boshqa moslamalar bilan jihozlash talablari buzilganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash. | Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash, muomalaga kiritish, muomalada aylanishi va ularning muomaladan chiqarilishi yuzasidan belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda mazkur huquqbuzarlik sodir etganlik uchun markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sotishdan oldingi chorakda olingan tushumning yuz foizigacha miqdorda moliyaviy jarima hamda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqorining ikki yuz baravarigacha jarima solishni nazarda tutish. | 2021-yil 15-yanvar | Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), |