O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, respublikaga dori vositalari va tibbiyot buyumlari olib kirishni yanada tartibga solish maqsadida:
mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga dorivor moddalar (substansiyalar) va dorivor o‘simlik xomashyosini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritsin.
2018-yil 1-martga qadar dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini mazkur qarorning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan mezonlar asosida mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb topish nuqtai nazaridan ularni ishlab chiqarishni texnologik auditdan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son)