T/r | Ko‘rsatkichlar | hozirgi holat | 2020-yil | 2021-yil | 2022-yil | 2023-yil | 2024-yil |
1. | Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining mahsulot ko‘rinishdagi ifodasi (foizlarda). | 45 | 50 | 55 | 60 | 65 | 70 |
2. | Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining pul mablag‘lari ko‘rinishidagi ifodasi (foizlarda). | 27 | 30 | 35 | 40 | 45 | 50 |
3. | Ishlab chiqilayotgan mahalliy dori vositalari soni. | 23 | 27 | 31 | 35 | 40 | 47 |
4. | O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni. | 2 918 | 3 100 | 3 450 | 3 800 | 4 150 | 4 500 |
5. | Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni. | 250 | 280 | 300 | 330 | 345 | 370 |
6. | Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish hajmi (mln. AQSh doll.). | 28 | 35 | 40 | 55 | 70 | 85 |
7. | Farmatsevtika korxonalari soni. | 191 | 196 | 203 | 209 | 215 | 220 |
8. | O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirgan xorijiy farmatsevtika kompaniyalari soni. | 4 | 6 | 10 | 14 | 18 | 20 |
9. | GMP sertifikatiga ega bo‘lgan farmatsevtika korxonalarining soni (foizlarda). | 9 | 40 | 70 | 100 | 100 | 100 |
10. | Malaka oshirishdan o‘tgan, shu jumladan xalqaro amaliyot, qoidalar va standartlar bo‘yicha malaka oshirgan farmatsevtika tarmog‘idagi mutaxassislar soni. | 200 | 250 | 300 | 400 | 500 | 600 |
T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
1. | Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish), xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2020-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Ilg‘or xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan holda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan dorivor moddalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirish, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarni inspeksiya qilish amaliyotini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2020-yil 1-aprel | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalariga referent narx shakllantirish tizimini joriy qilish doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2020-yil 1-mart | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
4. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish: dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish; tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi moliyaviy mukofotlar yoki har qanday boshqa rag‘batlar olishiga taqiq qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2020-yil 1-aprel | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov) |
5. | Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining o‘zaro almashinuv tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi | 2020-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov) |
6. | Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholashninazarda tutuvchi “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil 1-iyul | Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev) |
7. | Xalqaro tajribalarni tatbiq etgan holda, shu jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida dori vositalarini ishlab chiqish, standartlashtirish, ro‘yxatga olish, ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani GxP “zarur amaliyotlar” talablariga muvofiqlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2020-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov) |
8. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari zimmasiga dorixonalar va ularning filiallari sonini hisobga olgan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish bo‘yicha vazifalar yuklatilganligi munosabati bilan qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2020-yil 1-aprel | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari | ||||
9. | Yangi farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqish, shuningdek, chet elda farmatsevtika mahsulotini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida uni ilgari surish xarajatlarini qoplash ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilari |
10. | Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan import o‘rnini bosuvchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga rag‘batlantirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-mart | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-dekabr | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
III. Farmatsevtika mahsulotlari sifatini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlash | ||||
12. | Referent narx shakllantirish tizimi doirasida referent mamlakatlar ro‘yxatini va dori vositalari narxlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlash. Quyidagilarni: | Idoraviy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-mart | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar; | 2020-yil 1-iyul | |||
dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun chegaralangan narxlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlash. | 2020-yil 31-dekabr | |||
13. | Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va yuritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil 31-dekabr | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
14. | Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonun hujjatlari va litsenziya talablarini takomillashtirish, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash va tashish talablarini kuchaytirishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2020-yil 1-mart | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
15. | GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish bo‘yicha rasmiy metodik qo‘llanmalar yaratish va nashr etish, ularni tatbiq etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari, konsultatsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil 1-aprel | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov) |
16. | Xalqaro va davlatlararo ekspert organlari, xususan, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar ishida faol ishtirok etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov) |
IV. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish | ||||
17. | Eng samarali generik dori vositalari turlarini kengaytirish, yaxshilangan farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarga ega yangi zamonaviy innovatsion dori shakllarini, faol moddaning organizmga maqsadli ta’sir qilish tizimlarini yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-iyun | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
18. | O‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmatsevtika tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
19. | Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish maqsadida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlovlar tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev) |
20. | Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish va undan amaliyotda, shu jumladan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishda keng foydalanish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Xoljigitov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
21. | Vaksinalar, birinchi navbatda, milliy emlash kalendariga kiritilgan immunodiagnostikumlar, immunotrop preparatlar, xavfli yuqumli kasalliklarning (sil, OITS va boshqalar) qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yuqori samarali yangi avlod immunobiologik preparatlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev) |
V. Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika hamda dori vositalarini, shu jumladan dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan dori vositalarini ishlab chiqarish | ||||
22. | Dorivor o‘simliklarni yig‘ish va birlamchi qayta ishlashning zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini aniqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
23. | O‘simlik xomashyosidan dori vositalari olish uchun zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish, eng istiqbolli o‘simliklarni plantatsiyalarda yetishtirish va ularning naslchiligini ustuvor rivojlantirish. | Tashkiliy chora tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
24. | Mamlakatimizda va xorijda talab yuqori bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-mart | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
VI. Eksport salohiyatini kengaytirish | ||||
25. | Farmatsevtika sanoati mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh darajada texnologik qayta jihozlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-sentabr | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov) |
26. | Shu jumladan mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlarini ilgari surishda farmatsevtika sohasidagi xalqaro tadbirlarda (ko‘rgazmalar, yarmarkalar, forumlar, reklama va imij tadbirlari) ishtirokini rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini chet elda ilgari surish bo‘yicha samarali strategiyani ishlab chiqish. | Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xorijda ilgari surish strategiyasi | 2020-yil 1-sentabr | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov) |
27. | Respublikada farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish uchun yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) |
28. | Savdo bozorlarini kengaytirish maqsadida, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xorijiy mamlakatlardagi tenderlarda ishtirok etish orqali farmatsevtika mahsulotlari xalqaro savdosi tizimiga qo‘shilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil 1-dekabr | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) |
VII. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash | ||||
29. | Sanoat farmatsevtikasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’limni amaliyotga yo‘naltirgan holda sohadagi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari negizida ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-may | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
30. | Farmatsevtika tarmog‘idagi hozirgi tendensiyalar va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonining ilmiy va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-may | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
31. | Mahalliy tarmoq ta’lim muassasalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yangilash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov) |
32. | Xorijiy farmatsevtika ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan respublikada ularning filiallari va fakultetlarini ochish. | Tashkiliy-chora tadbirlar | 2020-yil 1-dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) |
33. | Tarmoqlarda o‘zaro hamkorlik va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy ta’lim muassasalari resurslaridan foydalanish, shuningdek, milliy elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish va elektron ta’lim muhitini shakllantirish hisobiga ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish. | Tashkiliy-amaliy choralar | 2020-yil 1-dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov) |