1. | B.A. Musayev | — | sog‘liqni saqlash vaziri, Ishchi guruhi rahbari |
2. | A.Sh. Inoyatov | — | sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari |
3. | E.M. Muxitdinov | — | bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari |
4. | U.Y. Sabirov | — | sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari |
5. | J.I. Abruyev | — | moliya vaziri o‘rinbosari |
6. | A.N. Karimov | — | adliya vaziri o‘rinbosari |
7. | S.I. Ismailov | — | Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
8. | U.T. Muxamedov | — | Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i |
9. | B.B. Azizov | — | Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori |
10. | A.Sh. Bekmurodov | — | “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori |
11. | Lavozimiga ko‘ra | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari |
12. | M.M. Mo‘minov | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, Ishchi guruhi kotibi |
Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | |
1. | “Tibbiyot brigadalari”ning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlash. | 2021-yil 1-iyun | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 10 mingta shtatlar ajratish. | 2021-yil 1-iyul | |||
3. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishida “mahallabay” yondashuvni samarali tashkillashtirish, joylarda tibbiyot xodimlariga tizimli ravishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash. | 2021-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) | ||
2. | O‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini rivojlantirish. | 1. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalariga qo‘yiladigan talablarni va ularning tibbiyot tizimidagi vazifalari va funksiyalarini o‘rganish. 2. O‘rta tibbiyot xodimlarining malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlari va lavozimlarini qayta ko‘rib chiqish. 3. Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va rejalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish. 4. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | 2021-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov) |
3. | Markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondini qayta ko‘rib chiqish. | 1. Respublika bo‘yicha Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondidan foydalanish samaradorligini shifoxonalar kesimida o‘rganish. 2. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga o‘tkazish bo‘yicha shifoxona kesimida yillik istiqbolli parametrlarni (grafiklarni) ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022-2023-yillar davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
4. | Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi yo‘llanma (order) berish tizimini axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 2021-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),Moliya vazirligi (Ishmetov) |
5. | Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislarini markazdan tizimli asosda hududlarga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislarini shartnoma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun hududlarga jalb etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 2021-yil 1-iyul | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
2. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan hududlarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun narxlarni shakllantirish tartibini tasdiqlash. | 2021-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Shoraxmetov) | ||
6. | Oilaviy shifokorlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va malakasini oshirib borish. | Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hududlardagi oilaviy shifokorlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitishni tashkil etish. | Reja-jadvalga muvofiq | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
7. | Olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” dasturini samarali amalga oshirish choralarini ko‘rish. | 1. Olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini tuzish va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlash. | 2021-yil 1-iyun | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
2. “Qishloq shifokori” dasturi doirasida talabgorlar bilan shartnomalar imzolash, ularga uy-joy ajratish va tegishli mablag‘lar to‘lanishini ta’minlash. | 2022-yil 1-avgust | |||
3. “Qishloq shifokori” dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. | 2021-yil 1-oktabr va 2022-yil 1-yanvar | |||
8. | Xorijdagi tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassislarni mamlakatimizdagi tibbiyot tashkilotlarida professional faoliyat olib borishiga ko‘maklashish. | 1. Xorijdagi tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uning yangilab borilishini ta’minlash. 2. Xorijdagi mutaxassislarni mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yashash joyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2021-2022-yillar davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Moliya vazirligi (Ishmetov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish. | Har yarim yil yakuni bo‘yicha | |||
9. | Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tizimini takomillashtirish. | Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini axborot texnologiyalarini keng joriy qilishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Bunda, tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan yoki, istisno tariqasida, sog‘liqni saqlash vazirining taqdimnomasiga ko‘ra ilmiy darajasi mavjud bo‘lmasada, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bir pog‘ona yuqori malaka toifasi berishga ruxsat berishni nazarda tutish. | 2021-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sadikov) |
10. | Respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ro‘yxatga olish hamda ular to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratishga yo‘naltirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxatga olish axborot tizimi) joriy etish. | 1. Ro‘yxatga olish axborot tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra Ro‘yxatga olish axborot tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish uchun Davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratish. | 2022-yil 1-yanvar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),Moliya vazirligi (Ishmetov) |
11. | Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ro‘yxatga olish tizimini 2024-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etish. | Xalqaro tajribadan kelib chiqib, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ID raqam berish orqali ro‘yxatga olish tizimini 2024-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Hududlar uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash ko‘lamini oshirish. | 1. Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil 1-avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
2. Hududlarda tor mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va klinik ordinaturada o‘qitish uchun mahalliy budjetlardan grantlar ajratish. | 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
13. | Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi: nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari yagona kompleksi doirasida tibbiy hisobot topshirish mexanizmini takomillashtirish; qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turini yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti filialini litsenziyalashda uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish, o‘rganishlarni faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkazish; tibbiy faoliyatni amalga oshi�ish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida to‘xtatish (tugatish). | 2021-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini 2022 — 2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda, 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish natijalarini chuqur tahlil qilish hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilashga alohida e’tibor qaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022-yil 1-yanvar | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
15. | Davolash-profilaktika muassasalari, ovqatlanish, mehnat, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish bo‘yicha dastur qabul qilish. | 1. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish. | 2021-yil 1-iyul | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologiya xizmati (Yusupaliyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qurilish vazirligi (Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Dastur loyihasini ishlab chiqish, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish. | 2021-yil 1-sentabr | |||
3. Dastur loyihasini amalga oshirish. | 2021-yil 1-oktabrdan boshlab |
10. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha: uch oyda ko‘pi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan; olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi; bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati | 10 kundan oshmagan holda | ”. |