“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Qoidalar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son
qaroriga muvofiq ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish shartlarini belgilaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 13-maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaga kiritilgan hamda tovarning bir qismi bo‘lgan va uning qiymatga kiruvchi iste’mol upakovkasida bevosita chakana savdoga tushadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart. Iste’molda bo‘lgan tovarlarni markirovka qilish ushbu Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
to‘qqizinchi xatboshidagi “Tovar markirovkasi (etiketka, birka, leybl)da” so‘zlari “Iste’mol upakovkasi (idishi) (etiketka, birka, leybl)da” so‘zlari bilan almashtirilsin;