[
OKOZ:
1.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-son
qaroriga
muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqi uchun oldin berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyalar farmatsevtika faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalardan alohida beriladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan dorixonalar va filiallarning manzillari reyestrlari va xodimlari reyestrlari ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
6-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
284-son
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli
qaroriga
asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son
qaroriga
6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 13-maydagi 91-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292 Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning
40-bandi
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning
103-bandi
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ–2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning
34-bandi
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 364-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)