T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. ERKIN IQTISODIY ZONALAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLAR PLANTATSIYALARI | ||||
1. | Quyidagi masalalarni hal etgan holda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” (keyingi o‘rinlarda — erkin iqtisodiy zonalar) Direksiyalari faoliyatini tashkil etish: Direksiyalarni joylashtirish; direktorlarni tayinlash va kadrlar bilan to‘ldirish; saqlash va texnik jihozlashni moliyalashtirish; muhandislik-qidiruv va loyihaoldi ishlarini amalga oshirish, shuningdek yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun qo‘shimcha mablag‘larni qidirib topish. | Vazirlar Mahkamasi farmoyishi, | 2018 yil | Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura (S. Samadov), Davlat investitsiya qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan(X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari |
2. | Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish uchun salohiyatli, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutgan holda faol ish olib borish: keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan OAV va Internet tarmog‘idan foydalangan holda olib borish; loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalarni tanlab olish shaffofligini ta’minlash; ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar. | Tashkiliy | Doimiy | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), S�rxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari, Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
3. | Joyiga chiqqan holda erkin iqtisodiy zonalardagi real holatni, shu jumladan hududlarni o‘zgartirish va ularning bosh rejalariga tuzatishlar kiritish nuqtai nazaridan o‘rganish. | Tashkiliy | 2018-yil | Bosh prokuratura (S. Samadov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “O‘ztransgaz” AJ (A. Mustafayev), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), “Davavtoyo‘l” qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), Davlat geologiya qo‘mitasi(B. Islamov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari |
4. | Erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalarini tasdiqlash. | Bosh rejalar | 2018-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov) |
5. | Ma’lumotlarning maxfiyligini hisobga olgan holda erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalarini ochiq foydalanishga, shu jumladan Internet tarmog‘iga joylashtirish. | Tashkiliy | 2018-yil | EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
6. | Investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida yuzaga keladigan muammolardan kelib chiqqan holda erkin iqtisodiy zonalar hududlariga o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradigan tez moslashuvchi mexanizmni joriy qilish. | Vazirlar Mahkamasi | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), |
7. | Erkin iqtisodiy zonalarning yo‘l-t�ansport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmas obyektlarini qurish uchun loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning qurilishini 2018-yil oxiriga qadar yakunlashni ta’minlash. | Tashkiliy | Bosh reja tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda | “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “O‘ztransgaz” AJ (A. Mustafayev), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), “Davavtoyo‘l” qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), Respublika yo‘l jamg‘armasi (M. Allabergenov), manfaatdor vazirlik va idoralar, EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari |
8. | Erkin iqtisodiy zonalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul shaxsni biriktirish va investorlarni jalb qilish. | Tashkiliy | 2018-yil | Bosh prokuratura (S. Samadov) |
9. | Dori vositalari uchun xomashyo yetishtirish maqsadida qulay sharoitga ega joylarning erkin foydalanish imkoniyatiga ega xaritalarini iqlim sharoiti, yer uchastkalari tarkibi va boshqalarni nazarda tutgan holda shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi hududida hududlar kesimi bo‘yicha yetishtirish tavsiya etilayotgan dorivor o‘simliklar ro‘yxatini tasdiqlash. | Chora-tadbirlar | 2018-yil | Davlat o‘rmon xo‘jaligi (N. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. IJTIMOIY DORIXONALAR JOYLAShIShI VA QURILIShINI TAKOMILLAShTIRISh, ShUNINGDEK, | ||||
10. | Ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi va ularni aniqlash me’yorlari, nomzodlarni tanlash va ularning kelgusida faoliyat yuritishi tartibi, shuningdek, dori vositalarini arzon narxlarda xarid qilish va sotish masalalarini nazarda tutadigan Ijtimoiy dorixonalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov) |
11. | Ijtimoiy dorixonalar binolarining namunaviy loyihalarini tasdiqlash. | Tashkiliy | 2018-yil | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
12. | Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish me’yorlarini aniqlash. | Metodik qo‘llanma | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov) |
13. | Hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda dorixona binolarining maydoniga qo‘yiladigan minimal talablarni qayta ko‘rib chiqish. | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vaziri (R. Davletov) |
14. | Aholining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini hududlar kesimida aniqlash va ularni har yili yangilab borish. | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
15. | Joylarga chiqqan holda quyidagilarda ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish imkoniyatini o‘rganish: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, ko‘p tarmoqli, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida; ijtimoiy dorixonalar qurishga yaroqli bo‘sh bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkalarida. | Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish xaritasi | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
16. | Davlat tibbiyot birlashmalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish majburiyatini oladigan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan namunaviy shartnomalarni tasdiqlash. | Namunaviy shartnomalar | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
17. | “O‘zmedimpeks” DUKga 2020-yil 1-yanvarga qadar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini tender savdolarini o‘tkazmasdan, istisno tariqasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilish huquqi berilsin. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
18. | Davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida va usluksiz yetkazib berish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish. | Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori | 2018-yil | Moliya vazirligi (A. Xaydarov), |
19. | Internet tarmog‘i va mobil ilovalarda quyidagilarga imkon beruvchi axborot portalini yaratish: asosiy indikator sifatida ularda litsensiya mavjudligi haqidagi axborotni ko‘rsatgan holda dorixonalarning joylashgan manzilini aniqlash; xarid qilingan dori vositalai va tibbiyot buyumlarini tegishli dorixonalar tomonidan yetkazib berilishini ta’minlash orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini real vaqt rejimida xarid qilish. | Internet tarmog‘idagi axborot portali, | 2018-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
20. | Dori vositalari va tibbiyot buyumlari haqida zarur ma’lumotlarni berish imkoniga ega hisob va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini identifikatsiyalashga imkon beruvchi maxsus markirovkalar tizimini O‘zbekiston Respublikasida joriy etish masalasini ko‘rib chiqish. | Tahliliy | 2018-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Davlat tibbiyot muasasalari va ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish, shu jumladan budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashni tezkor aniqlash va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi avtomatlashgan tizimni yaratish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. DORI VOSITALARINING YANGI TURLARINI YaRATISh VA IShLAB ChIQISh | ||||
22. | Respublikamizda yaratish va ishlab chiqish maqsadida sog‘liqni saqlash uchun ustuvor bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Ishchi komissiya (I. Abduraxmonov) |
23. | Yangi dori preparatlari, tibbiyot shakllarini yaratish, substansiyalar, djeneriklar va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni asosiy maqsad qilib belgilagan holda farmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat investitsiya qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), |
24. | Farmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalangan hamkorlar (“associated partners”) ro‘yxatini tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
25. | Zarur tuzatishlar (ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari, ijrochilar tarkibi, moliyaviy mablag‘larni taqsimlash va boshqalar) kiritish maqsadidafarmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning borishi ustidan doimiy ravishda nazoratni ta’minlash. | Grafik-reja | Dasturlarni amalga oshirish davrida | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
26. | Olingan patentlar, tuzilgan litsenziya bitimlari, tibbiyot amaliyotida foydalaniladigan texnologiyalarva mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish soni bo‘yicha loyihalarning natijadorligi va samaradorligini baholash. | Grafik-reja | Dastur doirasidagi ilmiy-texnik ishlar yakuni bo‘yicha | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
27. | O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tanqidiy o‘rganish hamda ushbu sohadagi faoliyatni yanada takomillashtirish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining tajriba-ishlab chiqarish kompleksini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Bosh prokuratura (S. Samadov),Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
28. | Farmatsevtika tarmog‘idagi tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va tijoratlashtirish masalalarini ko‘rib chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
29. | Xorijiy davlatlar bilan birgalikda dori vositalarini ishlab chiqarish zamonaviy markazlarni (skrining markazi, klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarni o‘tkazish markazi va boshqalar) tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat investitsiya qo‘mitasi (R. Gulyamov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
IV. DORI VOSITALARINING IShLAB ChIQARILIShI, SIFATI TA’MINLANIShI, STANDARTLAShTIRILIShI, NARXI ShAKLLANTIRILIShI, | ||||
30. | Farmatsevtika tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilar orqali: Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa tarmoq ta’lim muassasalarining faoliyatini tanqidiy o‘rganishni ta’minlash; tarmoqda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashning muhim va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash; farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va talablarini hisobga olgan holda ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish; o‘quv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashg‘ulotlarni, eng avvalo, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridagi mashg‘ulotlarni oshirish; ta’lim muasasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; farmatsevtika sanoati sohasida ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, shu jumladan bazaviy ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish; mahalliy va xorixiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish, ularning mutaxassislari, shuningdek, amaliyotchi-o‘qituvchilar, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarini o‘qitish uchun taklif qilish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), manfaatdor |
31. | Xorijiy davlatlar farmatsevtika tarmog‘ining yirik korxonalarini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ular bilan muzokaralar olib borish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), |
32. | Mahalliy mutaxassislarni farmatsevtika sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘qitishni tashkil qilish, o‘quv jarayonlariga xorijiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamkorligida jalb qilish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
33. | Xom ashyoni ichki farmatsevtika tarmog‘ida qayta ishlash uchun yo‘naltirgan holda uning eksport hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
34. | Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun yangidan qat’iy belgilangan narxlarni tasdiqlash va ularni kelgusida har chorakda qayta ko‘rib chiqish. | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), |
35. | Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun qat’iy belgilangan narxlarni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash amaliyotini hisobga olgan holda aniqlash tartibini va ularning sifatini tubdan takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjatlar | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), |
36. | Dori vositalari (substansiyalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini qabul qilish. | Vazirlar Mahkamasi | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
37. | Qizilmiya yetishtirish uyushmasi zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish va tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘maklashish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Davlat o‘rmon xo‘jaligi (N. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov) |
38. | Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun xomashyo importida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llash mexanizmini soddalashtirish. Bunda respublikada ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan xomashyo va substansiyalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmasligininazarda tutgan holda tasdiqlangan ro‘yxat asosida imtiyozlar qo‘llash tartibini bekor qilish. | Qonun | 2018-yil | Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DSQ (Parpiyev), DBQ (M. Azimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
V. JAMG‘ARMALAR VA BOShQA XAYRIYA TAShKILOTLARI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAG‘LARNI | ||||
39. | O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan kredit liniyasi mablag‘larini qayta moliyalashtirish tartibini boshqatdan ko‘�ib chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), O‘zTTJ (Sh. Vafayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
40. | Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarning tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan xorijiy valyutada ajrat?lgan kreditlarni milliy valyutada belgilangan tartibda to‘lash huquqini berish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Milliy bank (A. Mirsoatov), O‘zsanoatqurilishbank (S. Annaklichev), Asaka bank (K. Mullajonov) |
41. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son qarori bilan tashkil etilgan Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shaklantirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini qayta ko‘rib chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), |
42. | Import kontraklarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ekspertiza qilishning yangilangan tartibini, shu jumladan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati va ularni k�rib chiqish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi tegishli xulosalarni bergan holda ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | LBMA (Sh. Sadikov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
43. | Farmatsevika tarmog‘i korxonalarini tanlash va ularga “Asaka” ATB qoshidagi Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan pul mablag‘larini ajratish mexanizmlarini, shuningdek, mazkur Jamg‘armani shakllantirish manbalarini belgilash tartibini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
44. | “Asaka” ATB qoshidagi Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan mablag‘larning asosli va maqsadli ajratilishini o‘rganish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil | Bosh prokuratura (S. Samadov) |
45. | Farmatsevtika tarmog‘idagi xayriya mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini o‘rganish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil | Bosh prokuratura (S. Samadov) |
VI. HUQUQNI QO‘LLASh AMALIYOTIDAGI BO‘ShLIQLARNI BARTARAF ETISh ChORA-TADBIRLARI | ||||
46. | 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjaye?), |
47. | Dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilish tartibini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
48. | Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tayyorlash, shuningdek ularni saqlash sifatini nazorat qilish va rasmiylashtirish tartibini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
49. | Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi ustidan nazorat qilish bo‘yicha sektorlarni tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura (S. Samadov) |
50. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining farmatsevtika tarmog‘idagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarini qonunchilik talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
51. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining ambulator-poliklinika va statsionar tibbiy tashkilotlaridagi bemorlarga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini berish tartibini tasdiqlash: dori vositalari va tibbiyot buyumlarini davlat mablag‘lari hisobidan berish holatlari; retseptlarni yozib, statsionar bemorlar qo‘liga berish amaliyotini bekor qilgan holda bemorlarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan pullik asosda ta’minlash mexanizmi. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
VII. TUShUNTIRISh IShLARINI KENGAYTIRISh, TARMOQDA YuZAGA KELADIGAN MUAMMOLARNI MUHOKAMA QILIShNI | ||||
52. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: farmatsevtika tarmog‘i vakillari bilan ulardagi mavjud muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida doimiy uchrashuvlar o‘tkazish; farmatsevtika tarmog‘idagi ishlar holati yuzasidan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish; farmatsevtika sohasidagi olimlar bilan ularning g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Bosh prokuratura (S. Samadov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
53. | Mamlakatimizning farmatsevtika tarmog‘ida olib borilayotgan ishlarni OAVda keng yoritishni tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | MTRK (A. Xodjayev), O‘zMAA (L. Tangriyev), |
54. | Ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida ijtimoiy dorixonalarning mazmun va mohiyatini, ularning faoliyat yuritishi tartibi va sharoitlarini, shuningdek, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashdagi ahamiyatini keng yoritish. | Chora-tadbirlar rejasi | Doimiy ravishda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
— | O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, Komissiya raisi | |
S.I. Samadov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari |
Z.M. Nizamxodjayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi |
N.I. Muxtorov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
A.R. Abdullayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori |
M.M. Mirzayev | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
Z.S. Umarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari |
A.Y. Umarov | — | O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi |
A.A. Karimov | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari |
Sh.X. Alirizayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari |
Sh.R. Xashimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
N.I. Norboyev | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
A.A. Obidov | — | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
U.Ch. O‘tayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
U.U. Bo‘tayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari |
R.T. Mamatov | — | O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri |
Sh.I. Jalilov | — | O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi |
U.Y. G‘afforov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori |
G.X. Zufarova | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yetakchi mutaxassisi |
lavozimi bo‘yicha | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari |
lavozimi bo‘yicha | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni rivojlantirish, turizm va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari |